Mashhurlar
Xonandaning qizi, aktyorning kelini: o‘z prodyuseriga turmushga chiqqan Afruza haqida
Kaver qo‘shiqlari bilan omma e’tiboriga tushgan, “The cover up” loyihasida tanilgan, mashhur san’atkorlarning qizi va kelini bo‘lgan xonanda Afruza hayotda og‘ir-bosiq bo‘lsa-da, qo‘shiqlari sho‘x-shaddod xonandaning asl ismi Afruza emas. Uning haqiqiy ism-sharifi Dilafro‘z Rustamova bo‘lib, 1996-yil Farg‘ona shahrida tavallud topgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Estrada xonandaligi fakultetini tamomlagan. Daryo xonandaning hayoti va ijodiy faoliyatiga nazar soldi.
“Qizlar bilan kelisholmayman”

— Oilada ikkita farzandmiz, akam bilan o‘rtamizda bor-yo‘g‘i ikki yosh farq bor. Shu bois akam bilan birga o‘ynab ulg‘ayganmiz. Unga qo‘shilib o‘g‘il bolalar bilan ko‘p o‘ynaganim uchunmi, qizlar bilan unchalik kelisholmasdim. O‘ylab qarasam, bolaligimda anchayin sho‘x-shaddod qiz bo‘lganman.
Maktabda esa aʼlochi va tartibli o‘quvchi edim. Chunki oilamizda tartibga jiddiy eʼtibor berishardi. Onam kechqurun to‘ydan nechada qaytishlaridan qatʼi nazar, uyda hamma narsa joyida bo‘lishini talab qilardi. Agar hammasi ko‘ngildagidek bo‘lmasa, tonggacha bo‘lsa-da, ishlarini qilib, keyin uxlardi, deydi Afruza.
Afruza nega o‘z ismi bilan ijod qilmaydi?

— Nega ota-onangizning familiyasi bilan sahnaga chiqmagansiz, deb ko‘p so‘rashadi. Aslida, taxallus bilan ijod qilishimni otamning o‘zi xohlagan. Teleloyihada ishtirok etishdan avval taxallus borasida rosa o‘ylanganmiz. O‘z ismim ham juda yoqadi, ammo sahnada nomim jaranglashi uchun u qisqa bo‘lishi kerak edi. Shu bois Afruza taxallusini tanlaganmiz, deydi xonanda.
“Tanish-bilishchilik, degan gapdan qo‘rqqanman”

— Sanʼat oilamizga begona emas. Onam xonanda, dadam esa sozanda. Amakim, kelinoyim ham sanʼat sohasida faoliyat yuritishadi. Ammo sanʼatkorlar oilasidan ekanimni sir saqlaganman. Odamlar orasida “tanish-bilishchilik qilishibdi” degan gap tarqalishi va ishtirokim ko‘ngildagidek bo‘lmasa, yaqinlarimni uyaltirib qo‘yishdan qo‘rqqanman. Shu bois ancha vaqtgacha onam mashhur xonanda Shahlo Rustamova ekanligini aytmaganman, deydi Afruza.
“Dadam qo‘shiqlarimni tanqid qiladi”

— Qo‘shiqlarimni oilaviy birga tanlaymiz, uni ijro etishdan avval yaxshilab muhokama qilamiz. Eng yaxshi tanqidchim dadam bo‘ladi. Raqsbop bo‘lsin deb “Vot takaya” nomli qo‘shiqni ijro etganman. Ammo haligacha dadam “Shuni bekor aytgansan-da”, deydi.
Ilgari asosan jahon estradasi qo‘shiqlarini kuylardim. Hozir ham o‘zim uchun bunday qo‘shiqlarni ijro etib turaman, deydi Afruza.
“Afruzaning turmush o‘rtog‘i — taniqli aktyorning o‘g‘li”

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Botir Muhammadjonovning o‘g‘li Behruz Ahmedov bilan Afruza 2024-yilning sentyabr oyida AQShda sayohat qildi. Sayohat davomida Behruz Afruzaning qo‘lini vertolyotdagi parvoz chog‘ida so‘ragan. Behruz Ahmedov ssenarist va musiqiy prodyuser sifatida faoliyat yuritadi.
Biroz muddatdan so‘ng, 25-sentyabr kuni poytaxtdagi to‘yxonalardan birida ikki yoshning nikoh kechasi bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomida o‘zbek kinosi va musiqa sanʼatining ko‘plab taniqli vakillari ishtirok etdi. Afruzaning onasi Shahlo Rustamova o‘z qo‘shiqlari bilan qizining to‘yiga kelganlarni raqsga tushirdi.
San’atkor insonning kelini bo‘lish qanday?

— San’atkorning kelini bo‘lish mas’uliyatli ekan. O‘zingiz ham mashhursiz, sizdan-da mashhur inson bilan ko‘chaga chiqish juda qiyin bo‘larkan (kulib). Chunki hamma qaynotam bilan rasmga tushadi, men chetga qarab turaman. To‘ylar, xizmatlarga borishimga ham qarshilik qilishmaydi, aksincha, juda ham yaxshi qo‘llab-quvvatlashadi. Buning uchun oila a’zolarimga rahmat aytaman.
San’atkorlar uy yumushlarini, ovqat pishirishni bilmaydi, degan gaplar menga taalluqli emas. Men juda ham malakali oshpazman. Yoshligimdan buvim tergab-tergab ovqat pishirishni o‘rgatgan. Hamma o‘zbek milliy taomlarini mazali qilib tayyorlay olaman. Faqat qizlik uyimda kam tayyorlardim. Hozir vaqtim ham barakali bo‘lib ketyapti, chunki kelin bo‘lib barvaqt uyg‘onishni o‘rgandim, deydi xonanda yangi oilasidagi muhit haqida.
Onalik baxtiga erishgan Afruza
.jpg)
Afruza 2025-yilning 25-iyul kuni ilk bor ona bo‘ldi. Qo‘shiqchi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Tug‘uruqxonadan so‘ng u hamkasblari va dugonalarining maslahati bilan ona va bola parvarishiga yordam beruvchi markazda qoldi. Chaqaloqning uyiga chiqish marosimi esa katta tantana qilib nishonlandi. Hozirda xonanda bola parvarishi bilan mashg‘ul, ammo to‘y xizmatlariga ham turmush o‘rtog‘ining hamrohligida borib keladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


