Texnologiyalar
Internet orqali xarid qilish tavsiya etilmaydigan 6 ta buyum
Bugungi kunda onlayn xarid qilish ko‘pchilik uchun oson va qulay. Ammo shunga qaramay, onlayn do‘konldan xaridlar savdo markazlari va butiklardagi xaridlar bilan raqobatlasholmaydi. Chunki, haqiqatan ham, ba’zi narsalarni sinab ko‘rish, ushlab ko‘rish, his qilish, ko‘rib xarid qilish afzal. Internetda ko‘pincha faqat chiroyli tasvirga e’tibor qaratiladi, xarid qilish uchun qimmatli vaqtni boy bermaslikka harakat qilinadi, lekin oxirida hammasi aksincha bo‘lib chiqishi mumkin. Daryo shular haqida yozmoqda.
Onlayn xarid qilish kerak bo‘lmagan asosiy buyumlar mavjud. Asablarni saqlab qolish uchun savdo markazidan nima xarid qilish kerakligini aniqlaymiz.
Oyoq kiyimlar
Har doim taglikning parametrlarini o‘lchash mumkin, ammo, afsuski, bu yangi poyabzal yoki etiklarda uzoq vaqt yurishga kafolat bermaydi. Chunki poyabzal sotib olayotganda oyoqning semizligi va pastki qismi ham hisobga olinadi. Ba’zan ular mos kelmaydi, ba’zida sotuvchilar noto‘g‘ri o‘lchamni yuboradi. Qolaversa, oyoq kiyimlardagi zamok va boshqa aksessuarining ham ishlashini shaxsan tekshirish kerak. Shuning uchun oyoq kiyimni uning reklamasiga qarab emas, balki sifat, o‘lcham va chidamliligini tekshirish uchun do‘konlardan xarid qilish tavsiya etiladi.
Kiyimlar
Kiyimlarning hammasiyam onlayn xarid qilish uchun mos kelmaydi. Chunki har bir insonning tana tuzilishi turlicha. Kiyimlar esa, shim yoki ko‘ylak bo‘lsin, bir xil o‘lchamda tikiladi. Ayniqsa, xaridorning o‘lchami mos kelgani bilan uning bo‘yi baland yoki past bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har qanday kiyimni xarid qilishda uning matosini ushlash, kiyib ko‘rish va rangi mos kelishini aniqlab olish zarur. Onlayn do‘konlarda esa buning imkoni yo‘q.
Bosh kiyimlar
Onlayn xarid qilish tavsiya etilmaydigan yana bir buyum — bu bosh kiyimlardir. Birinchidan, barcha mijozlar ham bosh aylanasining o‘lchamini bilmaydi. Ikkinchidan, yuzning shakli ham bu masalada muhim ahamiyatga ega. Onlayn xarid qilingan bosh kiyim sizga umuman mos kelmasligi, ya’ni katta yoki kichkina bo‘lishi mumkin. Qolaversa, ularning matosini ham surat orqali aniqlash ancha qiyinchilik tug ‘diradi.
Belbog‘ va qo‘lqoplar
Shu o‘rinda, qo‘shimcha aksessuar hisoblangan belbog‘ va qo‘lqoplar ham ko‘rib, o‘lchab xarid qilinishi kerak. Sababi bel aylanasi, belbog‘ning qalinligi va uning bir-biriga o‘ztkaziladigan tugmasi kiyimga mos keladimi yoki yo‘q, aniqlab olish zarur. Qo‘lqop bilan ham xuddi shu holat ro‘y beradi. Kimningdir qo‘llari nozik, boshqasiniki esa biroz kattaroq, ammo o‘lcham bir xil bo‘lishi mumkin.
Oqshom liboslari
Qizil yo‘lakmi yoki dugonangizning tug‘ilgan kuni — buning ahamiyati yo‘q. Muhimi, ushbu kunda hamma narsa chiroyli bo‘lishi kerak. Ayniqsa, obrazning asosiy qismi hisoblangan libos makiyaj, turmak va oyoq kiyim uchun mos bo‘lishi lozim. To oqshom libosini xarid qilguncha urfdagilar va dizaynlarini onlayn tomosha qilish zarar qilmaydi. Ammo xarid qilishga kelganda, ularni albatta, kiyib, iloji bo‘lsa, qulayligini sinab ko‘rish tavsiya etiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


