Buxoro yangiliklari
Buxoroda bojxona deklaratsiyasini buzish holatlari aniqlandi: milliard so‘mlik tovarlar fosh etildi
Bojxona yuk deklaratsiyasi tovar-moddiy boyliklarni chegaradan qonuniy olib o‘tishda asosiy hujjat hisoblanadi. Uni to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish davlat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga qaramay, ayrim holatlarda tovarlarni yashirish yoki noto‘g‘ri ko‘rsatish orqali bojxona to‘lovlaridan qochishga urinishlar kuzatilmoqda.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ana shunday 3 ta qonunbuzarlik holati aniqlandi. Tekshiruvlar davomida import qilinayotgan yuklar va bojxona deklaratsiyalari o‘rtasida jiddiy tafovutlar borligi ma’lum bo‘ldi.
Xususan, birinchi holatda deklaratsiyada umuman qayd etilmagan, umumiy qiymati 844 million so‘mga teng bo‘lgan qariyb 23 tonna organik o‘g‘it mahsulotlari aniqlangan. Yana ikki holatda esa mos ravishda 527 million va 540 million so‘mlik agroximiya preparatlari hujjatlarda ko‘rsatilmagani fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayrim tadbirkorlar deklaratsiyada aks ettirilmagan mahsulotlarni boshqa tovarlar ostiga yashirib, ustini qonuniy yuklar bilan berkitish orqali bojxona nazoratini chalg‘itishga uringan.
Biroq bojxona xodimlarining hushyorligi natijasida barcha qonunbuzarliklar o‘z vaqtida aniqlanib, tovarlar vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda har bir holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


