Buxoro yangiliklari

Aziz Nosirov Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i etib tayinlandi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Kecha, 14-aprel kuni Shofirkon tumani hokimligida sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Xushnud Jalilov raislik qildi. Yig‘ilishda tuman hokimi Mo‘min Amonov, tuman prokurori Hamza Fozilov hamda tuman IIB rahbari Rustam Yusupov ishtirok etdi.

Tadbir davomida tibbiyot sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan tizimda shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar roziligini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Ayrim mas’ullar ogohlantirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur yig‘ilish doirasida muhim tashkiliy qaror qabul qilinib, tizimni yanada takomillashtirish maqsadida yangi rahbar tayinlandi. Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi buyrug‘iga asosan Nosirov Aziz Salimovich Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

pic 02

Aziz Nosirov 1986-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. U Toshkent tibbiyot akademiyasini davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlab, urolog mutaxassisligiga ega. Mehnat faoliyati davomida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida shifokor sifatida ishlagan, shuningdek, uzoq yillar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining ambulatoriya-poliklinika xizmati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar u Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaning Buxoro viloyati boshqarmasida bosh mutaxassis sifatida ishlagan. Shu bilan birga, 2019 yildan buyon Xalq deputatlari Kengashi deputati hisoblanadi.

Yangi rahbar oldiga hududda fuqarolar murojaatlariga sabab bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, profilaktik skrininglarni takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish kabi muhim vazifalar qo‘yildi.

Mazkur o‘zgarishlar Shofirkon tumanida tibbiyot tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholining qoniqish darajasini oshirish hamda tizimda ochiqlik va samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.