Buxoro yangiliklari

YUNESKOda Buxoro bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

pic
Foto: “Dunyo” AA

Loading

Fransiya poytaxti Parij shahrida YUNESKO bosh qarorgohida Buxoro shahrida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy komissiyasi hamda Sanʼat va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda YUNESKO Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida mamlakatimizdagi Butunjahon merosi obyektlarini saqlash va samarali boshqarish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Xususan, Buxoroda tarixiy merosni asrash va rivojlantirishga qaratilgan aniq tashabbuslar muhokama markazida bo‘ldi.

Alohida e’tibor “Poyi Kalon” majmuasini restavratsiya qilish hamda Shahriston hududida ochiq osmon ostidagi arxeologiya muzeyini tashkil etish loyihalariga qaratildi. Ushbu tashabbuslar orqali qadimiy shahar infratuzilmasini saqlagan holda uni zamonaviy turizm talablariga moslashtirish maqsad qilinmoqda.

Tomonlar O‘zbekistonning noyob madaniy meros obyektlarini xalqaro talablar asosida muhofaza qilish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga tarixiy shaharlarni barqaror rivojlantirish va ularni kelajak avlodlarga yetkazish muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, madaniy merosni asrashga qaratilgan tashabbuslarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.