Sport

Buxoroda “Bukhara Night Race” yugurish marafoni o‘tkaziladi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoroda an’anaviy xalqaro xayriya marafoni — “Bukhara Night Race” bo‘lib o‘tadi. 2022-yildan beri tashkil etilayotgan yugurish musobaqasi ilk bor bahorda oʻtkaziladi.

“Bukhara Night Race” Oʻzbekistondagi birinchi tungi poyga boʻlib, u Buxoroda 2026-yilning 18-aprel kuni quyosh botayotgan paytda boshlanadi. Tadbir doirasida 5, 10 va 21 kilometr masofaga yugurish, 2 km masofaga “Skandinavcha yurish”, shuningdek, bolalar yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Samarqand marafoni” xayriya yugurish musobaqalarining bir qismidir.

Yugurishga quyidagi masofalarga roʻyxatdan oʻtish mumkin:

  • 21,1 kilometr (yarim marafon);
  • 10 kilometr;
  • 5 kilometr;
  • 2 kilometr skandinavcha yurish;
  • Kids Run 1000;
  • Kids Run 600;
  • Kids Run 300;
  • Kids Run 60.

Bundan tashqari, “Avvalgidan tozaroq” dasturi ostida plogging ham tashkil etiladi.

Ishtirok etish narxi:

  • 5 km masofa — 250 000 soʻm;
  • 10 km, 21 km masofalar — 300 000 soʻm;
  • Kids Run va Skandinavcha yurish — 150 000 soʻm.

Havola orqali oldindan ro‘yxatdan o’tish talab qilinadi: https://events.samarkandmarathon.uz/event/BukharaNightRace2026/

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.