Buxoro yangiliklari

Buxoroda bir guruh san’at ahli vakillari taqdirlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi “Rudizar” tantanalar saroyida soha vakillari uchun keng koʻlamli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimligi, turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sanʼat ixlosmandlari, soha faollari hamda faxriylar ishtirok etdi. Bu haqida Buxoro viloyati hokimligi xabar qilmoqda.

pic 02

Tadbir davomida viloyat hokimi Botir Zaripov soʻzga chiqib, madaniyat va sanʼat sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. U oʻz nutqida mamlakatimizda milliy madaniyatni rivojlantirish, boy tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylash, xalq ogʻzaki ijodi va havaskorlik sanʼatini keng targʻib etish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, milliy sanʼatimiz nufuzini oshirishga hissa qoʻshgan hamda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh soha vakillari viloyat hokimligining maxsus tashakkurnoma, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

pic 05

Bayram dasturi doirasida buxorolik sanʼat ustalari hamda yosh isteʼdodlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, sahna chiqishlari tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishlab, yigʻilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

pic 04

Mazkur tadbir madaniyat va sanʼat sohasi xodimlarining jamiyatdagi oʻrni va nufuzini yana bir bor namoyon etdi. Ayniqsa, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ushbu soha vakillarining hissasi beqiyos ekani taʼkidlandi.

pic 03

Kelgusida ham hududda madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda milliy merosni keng targʻib etish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilishi qayd etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.