O‘zbekiston

O‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyada 2500 yevro miqdorida haq to‘lanadigan ishga taklif etiladi

pic
Foto: Cwc-recruitment.com

Loading

O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari uchun Germaniyada ishlash imkonini beruvchi yangi dastur e’lon qilindi. Migratsiya agentligi ma’lum qilishicha, Globogate dasturi doirasida Germaniya klinikalarida ishlash uchun hamshiralar taklif etilmoqda.

Dasturga ko‘ra, Germaniyada 800 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haftasiga o‘rtacha 39 soatni (kuniga 8 soat) tashkil etadi. Dastlab ishtirokchilarga 1900 yevro miqdorida ish haqi to‘lanadi, kasbiy malakasi rasman tan olingandan so‘ng (taxminan 3 oy ichida) oylik maosh 2500 yevrogacha oshiriladi.

Mazkur dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 3 yillik tibbiyot kolleji diplomiga ega bo‘lishi, sudlanmagan, sog‘lom bo‘lishi hamda 10 oylik bepul nemis tili kurslarida qatnashishga tayyor bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, nomzodlar 20 yoshdan 36 yoshgacha bo‘lishi kerak. Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, faqat muvaffaqiyatli o‘tganlar dasturga qabul qilinadi.

Dastur ishtirokchilari uchun bir qator qulayliklar ham yaratilgan. Xususan, 10 oylik stipendiya va turar joy bilan ta’minlanadi, nemis tili bo‘yicha B2 sertifikati olish xarajatlari qoplanadi. Bundan tashqari, hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash, viza rasmiylashtirish, aviachipta hamda ish joyigacha transfer xarajatlari ham dastur tomonidan qoplab beriladi.

Qayd etilishicha, ushbu dastur orqali nafaqat ish bilan ta’minlash, balki o‘zbekistonlik mutaxassislarning xalqaro tajriba orttirishi, malakasini oshirishi ham ko‘zda tutilgan. Bu esa kelgusida tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Talabgorlar 15-maygacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim: https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1366

Shuningdek, avvalroq Germaniyaning Premium Food Group kompaniyasi tomonidan ham O‘zbekiston fuqarolari uchun qassobchilik yo‘nalishida ish takliflari e’lon qilingani ma’lum qilingan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.