Buxoro yangiliklari

Buxoroda “VoiceUp-2026” inklyuziv yoshlar oromgohi ochildi

pic
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Loading

Kuni kecha Buxoroda “VoiceUp-2026” inklyuziv yoshlar oromgohi doirasida muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Dastur avvalida yigit-qizlar Buxoro tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Markazda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, amalga oshirilayotgan tashabbuslar hamda yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar ushbu tizim orqali ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlardan yaqindan xabardor bo‘lishdi.

pic 01

Samimiy muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Ular, shuningdek, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini ham bildirishdi. Bu esa muloqotni yanada mazmunli va foydali qildi.

Tanishuv jarayonidan so‘ng ishtirokchilar viloyatda bunyod etilgan zamonaviy ma’muriy markaz sari yo‘l oldilar. Mazkur tashrif yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni ijtimoiy sohadagi yangiliklar bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Buxoro” oromgohning tantanali ochilish marosimi ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir avvalida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda erishilgan natijalar aks etgan videoroliklar namoyish etildi. Ushbu lavhalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, sohada olib borilayotgan islohotlar haqida keng tasavvur berdi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi so‘zga chiqib, inklyuziv muhitni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi. “VoiceUp-2026” oromgohi yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni yangi g‘oyalar sari ruhlantirish, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma ekani qayd etildi.

pic 02

Oromgoh doirasida viloyat hokimi va mutasaddilar ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, “Qalb ko‘zi”, “Smart qo‘lqop”, “Time Pill”, “Yuklanish” kabi tashabbuslar o‘zining dolzarbligi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi. Mazkur loyihalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik yaratish, kundalik hayotni yengillashtirish va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgani bilan alohida e’tirof etildi.

Mutasaddilar tomonidan loyiha mualliflarining g‘oyalari yuqori baholanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelgusida rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Bu esa yoshlarning tashabbuskorligi, kreativ fikrlashi va jamiyat taraqqiyotiga befarq emasligini yana bir bor namoyon etdi.

Ta’kidlanishicha, “VoiceUp-2026” inklyuziv yoshlar oromgohi davomida ishtirokchilar uchun turli treninglar, uchrashuvlar, madaniy tadbirlar va amaliy loyihalar tashkil etiladi. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, inklyuziv jamiyatni shakllantirish va yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.