O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, pedagog xodimlar uchun qator davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma joriy etildi. Shuningdek, ta’lim tizimiga oid boshqa qo‘shimcha tartiblar ham belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarida mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi pedagog shaxslar uchun bir qator davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi.
Jumladan, mazkur imtiyoz ko‘chmas mulk kadastriga oid xizmatlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash, traktorchi-mashinist guvohnomasi uchun imtihonga ruxsat olish, shuningdek, rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish kabi xizmatlarga tatbiq etiladi.
Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar rahbar xodimlari har 5 yilda 1 marta ishdan ajralgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladigan menejerlik o‘quv kurslarida ishtirok etishi belgilandi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, boshqa yo‘nalishga o‘tkazish va o‘qishini ko‘chirish tartibi ham aniq belgilab berildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


