O‘zbekiston

Alloh taolo xabar beradi: Xazinangdan bir qismini Mening huzurimga omonat qo‘y. U na yonadi, na cho‘kadi va na o‘g‘irlanadi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Alloh taolo xabar beradi. Hadisi qudsiyda: “Ey Odam farzandi! Xazinangdan bir qismini Mening huzurimga omonat qo‘y. U na yonadi, na cho‘kadi va na o‘g‘irlanadi. Nihoyatda muhtoj bo‘lganingda uni o‘zingga bekamu-ko‘st qaytaraman” (Bayhaqiy Hasan Basriydan (r. a.) rivoyat etganlar).

Xulosa shuki, omonatga xiyonat qilmaydigan odamlarni juda yaxshi ko‘rib, hurmat qilamiz. Ularning ko‘ngliga bu tuyg‘uni solgan Alloh emasmi? Omonatga xiyonat qilmaydiganlarning eng buyugi ham Allohdir.

“Xazinaning bir qismi” – molning hojati asliyadan ziyodasini Allohning “huzurida omonat qo‘yish”dan murod esa, shu ziyoda qismni haq joylarga, haqdorlarga, muhtojlarga ehson qilib berishdir. Alloh rizosini qasd etib berilgan ehsonlar yo‘q bo‘lib ketmasdan u dunyoda, ayniqsa, mo‘min savoblarga nihoyatda muhtoj bo‘lib qolgan holatda bekamu-ko‘st, mukammal qilib qaytarilishi bildirilmoqda.

Maqsad saxovatni, Alloh yo‘lida ehson etishni tashviq va targ‘ib qilishdir. Mo‘min hadisi qudsiydan “Mening huzurimga omonat qo‘yki, u na yonadi, na cho‘kadi va na o‘g‘irlanadi” jumlasini chuqur o‘ylab ko‘rib xulosa chiqarishi darkor.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.