O‘zbekiston

O‘zbekistonning ushbu hududida kriptovalyuta mayning qilib, soliqlarni to‘lamaslik mumkin

pic
Foto: Bwbx.io

Loading

Qoraqalpog‘istonda maxsus mayning zona tashkil etiladi. Maxsus zonada mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimi va barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalar, shuningdek, vodorod elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga ruxsat beriladi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi tashkil etiladi.

Maxsus zonaning hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududi hisoblanadi.

Maxsus zona doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:

– mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimi va barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalar, shuningdek, vodorod elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga;

– mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilishiga va (yoki) ularni boshqa likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlashga va boshqalar.

“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi” tashkil etiladi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha ishchi organ etib belgilandi.

Talabgorlar (yuridik shaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida ariza bilan Direksiyaga murojaat qiladi.

2035-yil 1-yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlari soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.