Buxoro yangiliklari

Oliy sud raisi o‘rinbosari Malikaxon Kalandarova buxorolik talabalar bilan uchrashdi

pic
Foto: Buxoro viloyati sudlari

Loading

Kuni kecha Buxoro davlat universitetida “Yurisprudensiya” yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun qiziqarli va foydali ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Oliy sud raisi o‘rinbosari, Ayol sudyalar assosiatsiyasi raisi M. Kalandarova, viloyat hokimi o‘rinbosari X. Artikova hamda hududda faoliyat yuritayotgan ayol sudyalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida sudyalar yoshlar bilan ochiq suhbat qurib, huquqiy bilimlarni oshirish, sud-huquq tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlarni tushunish qanchalik muhim ekanini sodda misollar orqali tushuntirib berishdi. Ishtirokchilar bunday uchrashuvlar ayniqsa talaba-qizlar uchun foydali ekanini ta’kidlashdi.

Muloqot jarayonida M. Kalandarova xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning sud tizimidan erkin va samarali foydalanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi. Shuningdek, sud tizimida ayollar soni ortib borayotgani, bugungi kunda 1 589 nafar sudyadan 245 nafari ayollar ekani qayd etildi.

Suhbat davomida sudyalik kasbi haqida ham samimiy fikrlar bildirildi. Bu kasb nafaqat bilim, balki katta mas’uliyat, halollik va adolatga sodiqlikni talab qilishi alohida ta’kidlandi. Har bir qarorda inson huquqlari va qonun ustuvorligi eng muhim mezon bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Talaba-qizlar uchrashuvda faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Ular sud tizimiga kirish, kasbiy rivojlanish va kelajakdagi imkoniyatlar haqida batafsil javoblar olishdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘ldi. Ishtirokchilarga o‘z ustida ishlash, bilimini oshirish va kelajakda jamiyat uchun foydali mutaxassis bo‘lishga intilish tavsiya etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.