O‘zbekiston
O‘zbekistonda yozda qurg‘oqchilik kuzatiladimi?
Kecha, 21-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil yozida Markaziy Osiyoda kuchli qurg‘oqchilik kuzatilishi haqida turli xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zgidromet rasmiy bayonot berib, bu ma’lumotlarni rad etdi.
Agentlik ma’lum qilishicha, yoz fasliga oid iqlim modellari hudud uchun odatiy bo‘lgan harorat va ob-havo o‘zgarishlarini ko‘rsatmoqda. Muqarrar inqiroz yoki keskin qurg‘oqchilik haqida tarqalayotgan xabarlar ilmiy asosga ega emas va spekulyativ xarakterga ega.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida 2026-yil uchun suv resurslari taqsimoti ko‘p yillik me’yorlar doirasida amalga oshmoqda. Daryolarning suvliligi ham odatiy darajada saqlanayotgani qayd etildi.
“O‘zgidromet” bayonotida chang-to‘zonlar ham alohida tilga olinib, bu holat mintaqa uchun odatiy mavsumiy tabiiy jarayon ekani ta’kidlandi. 2026-yilda ularning keskin kuchayishi bo‘yicha hech qanday ilmiy asos mavjud emas.
Bundan tashqari, Orol dengizi tubida keng ko‘lamli o‘rmonzorlar barpo etilayotgani sababli so‘nggi yillarda tuz va chang ko‘chishining kamayishi kuzatilayotgani ma’lum qilindi. Shu bois joriy yil yoz mavsumi odatdagi qurg‘oqchil davr sifatida o‘tishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur xabarlar iqlimshunos Erkin Abdulahatov tomonidan e’lon qilingan postdan so‘ng keng tarqaldi. U sobiq vazir Vladimir Norov nomidan yuritiladigan sahifadagi fikrlarni ulashgan edi. Ushbu postda yozda qurg‘oqchilik, qishloq xo‘jaligida qiyinchiliklar hamda chang bo‘ronlari ko‘payishi haqida taxminlar bildirilgan.
Biroq mutaxassislarning so‘nggi izohlariga ko‘ra, daryolardagi suv miqdori keskin kamayishi kutilmayapti. Aksincha, ayrim hududlarda suv oqimi hatto me’yordan yuqori bo‘lishi ham mumkinligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil mart oyida mintaqaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik me’yor darajasida yoki undan yuqori bo‘lgan. Ayrim kunlarda yog‘ingarchilik miqdori 15–30 mm, tog‘li hududlarda esa 40–45 mm gacha yetgan.
Mutaxassislar aholiga axborot olishda faqat rasmiy manbalarga tayanishni, asossiz va vahimali xabarlarga ishonmaslikni tavsiya qilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


