Buxoro yangiliklari
Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Buxoroga keldi
Buxoro xalqaro aeroportida martabali mehmonni viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqa rasmiy mutasaddilar tantanali ravishda kutib olishdi. Ushbu tashrif hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Tashrifning dastlabki manzili islom olamida alohida e’zozlanadigan buyuk mutafakkir va avliyo Bahouddin Naqshband majmuasi bo’ldi. Mehmonlar majmuani ziyorat qilib, o‘tganlar haqiga Qur’on tilovat qildilar.
Suhbat davomida Naqshband hazratlarining hayoti va islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xususan, “Dilba yor-u, dastba – kor” (Ko‘ngling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” degan olijanob g‘oyasining bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z bordi. Shuningdek, Tatariston delegatsiyasiga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan majmuada amalga oshirilgan keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari va ziyoratchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar tanishtirildi.
Tashrifning amaliy qismi “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parkida davom etdi. Rustam Minnixanov u yerda amalga oshirilgan qurilish ishlari va istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bugungi kunda park barcha zarur infratuzilma bilan ta’minlanib, dastlabki bosqichdagi qurilish ishlari yakunlangan.
Sanoat parkida amalga oshirilayotgan eng yirik va ahamiyatli loyihalar quyidagilardir:
- Elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish: Xitoyning “Zhejiang Leapmotor Technology Co., Ltd.” korxonasi tomonidan qiymati 350 million dollar bo‘lgan ulkan loyihaga start berildi. Loyiha doirasida avtomobil butlovchi qismlarini (bamper, o‘rindiq, shina, akkumulyator va b.) bosqichma-bosqich mahalliylashtirish rejalashtirilgan. Bu Buxoroni Markaziy Osiyodagi yirik logistika va avtomobilsozlik xabiga aylantirishni ko‘zda tutadi.
- Gidroizolyatsiya materiallari: “Silk Road Innovation Group” xorijiy korxonasi tomonidan 2,4 million dollar investitsiya hisobiga “AQUATON” innovatsion gidroizolyatsion polotno ishlab chiqarish yo‘lga qo’yilgan.
Uchrashuvlar davomida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha fikr almashdilar. Ta’kidlash joizki, yangi sanoat loyihalari hududda bandlik masalasini hal etishda ham muhim rol o‘ynaydi. Xususan, avtomobilsozlik loyihasi doirasida:
- 2026-yilda 200 ta;
- 2028-yilda 1 000 ta;
- 2031-yilga kelib esa 3 000 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Tatariston Respublikasi Raisining Buxoroga tashrifi kechga yaqin samarali yakunlandi. Rustam Minnixanov viloyatning sanoat va eksport salohiyatini yuqori baholab, Buxoro xalqaro aeroportidan Tataristonga jo‘nab ketdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


