Buxoro yangiliklari
Jondorda insonparvarlik namunasi: Misrlik o‘qituvchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
Jondor tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida xorijlik mehmonga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va tibbiy yordam o‘zbek xalqiga xos bag‘rikenglikning navbatdagi namunasi bo‘ldi.
Tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida davlatlararo shartnoma asosida ingliz tili fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan Misr Arab Respublikasi fuqarosi Muxamed Xamed Moxamed Axmed o‘zi va farzandining salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlarga murojaat qildi.
Poliklinikaning malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va tahlillar natijasida, uning farzandida tonzillit, o‘zida esa 2-tip qandli diabet kasalligi borligi aniqlandi. Ko‘rik jarayonida muloqot to‘siqlarini bartaraf etish uchun hamkasbi — 2-maktab o‘qituvchisi Zarinabonu Abdullayeva tarjimon sifatida yaqindan yordam berdi.

Olingan tezkor va sifatli tibbiy xizmat, shifokorlarning samimiy munosabati misrlik o‘qituvchida iliq taassurot qoldirdi. U yurtimizdagi ijtimoiy soha vakillarining hamjihatligi va ko‘rsatilgan yuksak ehtirom uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, bugungi kunda O‘zbekiston nafaqat sayyohlar, balki ilm-fan va ta’lim sohasida faoliyat yuritish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislar uchun ham xavfsiz va mehmondo‘st maskanga aylangan. Jondor tumanidagi ushbu holat yurtimizda inson qadri har narsadan ustun ekanligining amaliy tasdig‘idir. Shifokorlarimizning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati va mas’uliyati tufayli xorijlik fuqaro o‘zini o‘z uyidagidek his etmoqda. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar har bir shaxsga, millati va fuqaroligidan qat’i nazar, teng tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
O‘qituvchi va shifokorlar o‘rtasidagi bunday hamjihatlik jamiyatimizning ma’naviy ustunlari naqadar mustahkamligini ko‘rsatadi. Kasallik aniqlangan dastlabki bosqichdayoq to‘g‘ri tashxis qo‘yilgani bemorlarning tez fursatda sog‘ayib ketishiga zamin yaratadi.
Misrlik mehmonning minnatdorchiligi — bu butun tizim xodimlarining mashaqqatli mehnatiga berilgan yuksak bahodir. Bu kabi voqealar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, insonparvarlik va saxovat chegara bilmaydigan eng oliy fazilatlardir.
Biz ham o‘z navbatida, yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassisga va uning oilasiga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


