O‘zbekiston
O‘zbekistonda meningokokk infeksiyasi holatlari oshdi: 2026-yilda 174 ta holat qayd etildi
O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq kasallanish holatlari ortgani qayd etildi. Bu haqda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon respublika bo‘yicha jami 174 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning 168 tasi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, kasallik dinamikasida ijobiy o‘zgarish ham kuzatilib, aprel oyida martga nisbatan 14 foizlik pasayish qayd etilgan.
Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida 8 024 doza vaksina xarid qilinib, bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 4 862 nafar fuqaro emlash bilan qamrab olingan. Tibbiy qarshi ko‘rsatmaga ega bo‘lgan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar esa shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika bilan ta’minlanmoqda.
Meningit — bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, u ko‘pincha bakteriya yoki viruslar sabab yuzaga keladi va tez rivojlanishi bilan xavfli hisoblanadi. Mutaxassislar kasallikdan himoyalanish uchun o‘z vaqtida emlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish va alomatlar paydo bo‘lishi bilan darhol shifokorga murojaat etishni tavsiya etmoqda.
Shuningdek, Haj va Umra safariga chiqayotgan fuqarolarga meningokokk infeksiyasiga qarshi emlanish tavsiya etiladi. Safardan qaytgach esa bir muddat ommaviy tadbirlarda ishtirokni cheklash zarurligi ta’kidlanmoqda.
Qo‘mita mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotganini bildirib, fuqarolarni faqat ishonchli manbalarga tayanishga chaqirdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


