Buxoro yangiliklari
Afg‘oniston rasmiy vakillaridan iborat delegatsiya Buxoroga tashrif buyurdi
Nuriddin Aziziy boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasi Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlar Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov tomonidan kutib olindi.
Tashrif dasturi viloyatning yangi ma’muriy markazidan boshlandi. Bu yerda viloyat hokimi Botir Zaripov va Nuriddin Aziziy ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistonning o‘sib borayotgan bozori O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalish ekani qayd etilib, oziq-ovqat, un va don mahsulotlari, tekstil va tayyor kiyim-kechak, qurilish materiallari hamda farmatsevtika mahsulotlari eksportini kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Delegatsiya tashrifining ikkinchi kuni Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilish bilan boshlandi. Mehmonlarga majmuaning boy tarixi, uning tarkibidagi maqbara, masjidlar va tarixiy inshootlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tashrif davomida Qur’on tilovat qilinib, ikki xalq farovonligi va tinchligi tilab duo qilindi.
Shuningdek, mehmonlar Ark qo‘rg‘oni, Somoniylar maqbarasi, Poyi Kalon majmuasi va Labi hovuz ansambli kabi tarixiy obidalar bilan tanishib, Buxoroning boy madaniy merosiga yuqori baho berdilar.
Tashrif doirasida delegatsiya bir qator sanoat korxonalarida ham bo‘ldi. Jumladan, “Bukhara Next Generation Product” MChJda 120 million dollarlik loyiha asosida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani, korxonada 2 200 nafar aholi ish bilan ta’minlangani ma’lum qilindi. Shuningdek, “Nigora” korxonasida zamonaviy texnologiyalar asosida mato va tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarilishi, mahsulotlar Yevropa bozorlariga eksport qilinayotgani ta’kidlandi. Bu yerda B2B uchrashuvlar ham tashkil etilib, ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va qator kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, delegatsiya Tibtexnika qo‘shma korxonasida bo‘lib, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Korxonada koronar stent va boshqa zamonaviy tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarilib, yiliga 12 million dollarlik eksport salohiyati mavjudligi qayd etildi.
Umuman, Afg‘oniston delegatsiyasining ushbu tashrifi Buxoro viloyatining eksport imkoniyatlarini kengaytirish, yangi bozorlar ochish va o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. Tashrif yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan kelgusidagi rejalar yuzasidan kelishuvga erishdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


