Buxoro yangiliklari

Peshko‘ tumanida noqonuniy saksovul qazib olish holati aniqlandi. Jarima 10 mln so‘mdan hisoblandi

pic
Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi

Loading

Peshko‘ tumani hududida ekologik nazoratni kuchaytirish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbir tuman bo‘limi inspektorlari hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida cho‘l hududlarida tashkil etildi.

Reyd davomida fuqaro T. B. boshqaruvidagi, davlat raqamisiz harakatlanayotgan avtomashina inspektorlar tomonidan to‘xtatildi. Tekshiruv jarayonida transport vositasida noqonuniy ravishda qazib olingan saksovul o‘simliklari olib ketilayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan 2 nafar huquqbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har biriga 10 million 300 ming so‘mdan jarima belgilandi, shuningdek tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 9 million 805 ming so‘mdan hisoblandi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, saksovul o‘simligi cho‘l hududlarida ekologik muvozanatni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Saksovulzorlar ko‘chma qumlarni mustahkamlaydi, cho‘llanish jarayonini sekinlashtiradi va shamol tezligini kamaytiradi. Shu bilan birga, chang-to‘zonlarning oldini olishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Bir tup saksovul o‘simligi to‘rt tonnagacha ko‘chuvchi qumni to‘xtata oladi. 1 gektar saksovulzor esa yil davomida 1135 kilogramm karbonat angidrid gazini yutib, 835 kilogramm kislorod ajratadi. Bu esa atmosfera sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Bunday holatlar ekologiyaga jiddiy zarar yetkazishini inobatga olib, nazorat tadbirlarini kuchaytirish zarur. Fuqarolar tomonidan tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Noqonuniy daraxt kesish va qazib olish holatlariga nisbatan murosasiz kurash olib borilishi lozim.

Shuningdek, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va tushuntirish ishlarini kengaytirish zarur. Har bir fuqaro atrof-muhitni asrashda o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Tabiiy resurslarni asrash kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishda muhim omil hisoblanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.