Buxoro yangiliklari
Buxoroda yosh harbiylar Vatanga qasamyod qildi
Ark qo‘rg‘onida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati boshqarmasiga muddatli harbiy xizmatga qabul qilingan yigitlarning “Vatanga qasamyod” marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tantanali marsh sadolari ostida jangovar bayroq olib kirilishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilar Vatan sarhadlarini himoya qilish, xalq tinchligi va osoyishtaligini asrashga qasamyod qildi.

Yosh askarlar mamlakat xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajarishga va’da berdi. Marosim davomida ularga Milliy gvardiya qo‘mondonining tabrigi o‘qib eshittirildi hamda Prezident sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar qasamyod har bir harbiy uchun muqaddas burch ekanini ta’kidlab, Vatan himoyasi yuksak sharaf ekanini qayd etdi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan qurol bilan ko‘rgazmali chiqishlar, saf va qo‘l jangi elementlari namoyish etildi. Tadbir yakunida kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan bayramona ruh davom ettirildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


