O‘zbekiston
Ertaga, 28-aprel kuni Cobalt’ga shartnoma ochilishini e’lon qildi
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Cobalt’ga bo‘lgan yuqori talab hamda mijozlardan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar inobatga olinib, kontraktatsiya jarayoni barcha komplektatsiyalar uchun ochiladi.
2026-yil 28-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab barcha mijozlar uchun onlayn shartnomalar ochiladi. Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani uzavtosavdo.uz sayti orqali rasmiylashtirish yoki yaqin hududdagi Chevrolet rasmiy dilerlik markaziga murojaat qilish mumkin.
Shuningdek, Telegram bot va UzAvtoSavdo mobil ilovasi (iOS/Android) orqali navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida tezkor ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.
Kompaniya tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozimligini eslatdi.
Bundan tashqari, shartnomalarda maxsus QR-kod bo‘lishi shartligi qayd etildi. Ushbu kod hujjatning haqiqiyligini tasdiqlaydi. QR-kodsiz shartnomalar UzAuto Motors va rasmiy dilerlarga aloqador emasligi bildirildi.
Savollar yuzasidan mijozlar +998 (78) 141-77-77 raqamli Call markazga murojaat qilishi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar kompaniyaning rasmiy sayti orqali taqdim etiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


