Buxoro yangiliklari
Buxoroda 17 nafar IIB rahbarlari faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 24-aprel kuni yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati vakillari, viloyat va hududiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Xizmat faoliyatidagi kamchiliklar, profilaktika samaradorligi va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Asosiy e’tibor tizimdagi kamchiliklarga qaratilib, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan ayrim rahbarlar faoliyati keskin tanqid qilindi. Natijada 17 nafar rahbarning kelgusidagi xizmat faoliyatini qayta ko‘rib chiqish maqsadida ularga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani ma’lum qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylik va mas’uliyatni oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Rahbariyat tomonidan har bir xodim o‘z qasamyodiga sodiq qolishi, xalq manfaatlari yo‘lida halol xizmat qilishi shart ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish va tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


