Hodisalar

Buxoroda YPX xodimiga 25 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

pic
Foto: YHXB

Loading

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda yo‘l-patrul xizmati xodimlariga pora berishga urinish bilan bog‘liq 30 ta holat aniqlanib, jami 177,4 million so‘mlik noqonuniy takliflarning oldi olingan. Bu haqida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati rahbari Zoyir Hamroyevich Yo‘ldoshov xabar qildi.

Ushbu holatlar ichida Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan voqea alohida e’tiborga molik. Tungi xizmat vaqtida YPX xodimi tomonidan “Chery” rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida haydovchi alkotester orqali mast holatda ekanligi aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, avtomobil egasiga ham 140-modda asosida tegishli choralar ko‘rilgan.

Shundan so‘ng avtomobil egasi javobgarlikdan qutulish maqsadida YPX xodimiga 2 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan. Xodim tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, u o‘z harakatidan qaytmagan. Natijada holat haqida ichki ishlar organlariga xabar berilib, shaxs 25 million so‘mni pora sifatida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, shunga o‘xshash yana bir holat Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ham qayd etilgan. Unda mast holda avtomobil boshqargan shaxs YPX bo‘lim boshlig‘iga pora taklif qilgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mutasaddilar fuqarolarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga, shuningdek, pora berish va olish jinoyat ekanini unutmaslikka chaqirmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.