Mashhurlar
“Mahzun qo‘shiqlar mashhur qiladi, pul keltirmaydi”. Mirjalol Ne’matov san’atdagi ilk qadamlari haqida
Raqsbop qo‘shiqlariga ishlangan kliplar bilan YouTube’da mashhur bo‘lgan xonanda Mirjalol Ne’matov “Mashhur qilgan tarona” loyihasida xonanda tashrif qog‘oziga aylangan qo‘shig‘i va qay tariqa shou-biznes vakiliga aylangani haqida so‘zlab berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.
“Birinchi ijro etgan qo‘shiqlarimni eshitsam, kulgim keladi”

— Birinchi marta “Sevimli” telekanalidagi “Sevimli ovoz” loyihasida ishtirok etganman. Ungacha hech qanday ko‘rsatuv va loyihalarda qatnashmaganman. Hattoki televideniye bilan bog‘lab turuvchi narsa yo‘q edi. Ushbu loyihada qatnashishdan avval ham bir qancha qo‘shiqlar tayyorlaganman. Hozirgacha birinchi ijod namunalarim kompyuterimda saqlanib turadi. Ularning ko‘pchiligini hech qayerga chiqarmaganman. Bugun o‘sha ashulalarimni eshitib ko‘rsam, kulgim keladi. Ammo bu boshlanishi ekanligini inobatga olsak, hammasi yaxshi. Chunki u vaqtda bugungidek mahorat, saviya va tajribam bo‘lmagan. “Sevimli ovoz”da ishtirokim men uchun o‘z ustimda ishlashning yangi bosqichi bo‘lib xizmat qildi, deydi u.
“Qo‘shiq aytishdan boshqa ish qo‘limdan kelmaydi”
— Asosiy ishim san’at sohasida. Chunki qo‘shiq aytishdan boshqa hech qaysi ish qo‘limdan kelmaydi. Faqat ashula yozib, kuylay olaman. So‘ng klip ishlab, sahnaga olib chiqaman. Tinimsiz ishlayotganim evaziga tomoshabinlar e’tiboriga tushdim, deb o‘ylayman. Ammo bu oson bo‘lmadi. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman. Bugungi holatimga ota-onamning duosi va qattiq mehnatim sabab erishdim.
“Bir she’r yozdim” va “Gitara” qo‘shig‘im tashrif qog‘ozimga aylanib qoldi
— Meni Mirjalol Ne’matov qilib xalqqa tanitgan qo‘shig‘im “Bir she’r yozdim” va “Gitara” taronalarim bo‘lgan. Shuning uchun konsertimda ham odamlar “Gitara”ni kutishi uchun ataylab oxirida ijro qildim.
“Hech qachon to‘ybop qo‘shiq aytaman, deb o‘ylamaganman”
— Hech qachon to‘ybop ashula aytaman, deb o‘ylamaganman. Hayot shunga majbur qildi. Faqat og‘ir ashulalarni aytib yuraversam-u, bular menga hech qanday effekt bermasa, mashhur bo‘lganim bilan pulim bo‘lmaydi. Qayg‘uli qo‘shiqlarni quloqchinda maza qilib eshitishadi, xolos. Shuning uchun demak, odamlarning yaxshi kuni uchun ham kuylashim kerak ekan, deganman. Shundan keyin sho‘x va to‘ybop qo‘shiqlarim ko‘payib ketdi, deydi xonanda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


