Salomatlik

Yo‘llardagi tirbandlik va fastfudga moyillik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

pic
Foto: Magnific.com

Loading

Illinoys universiteti tadqiqotchilari yo‘llardagi tirbandliklarda uzoq vaqt turib qolish va tezpishar taomlar kafesiga ko‘proq qatnash o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladi. Bu omil har yili millionlab aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Daryo shular haqida yozmoqda.

Los Anjelesda o‘tkazilgan tahliliy maʼlumotlarga ko‘ra, kutilmagan tirbandliklar oddiy tirbandliklar bilan solishtirganda tez ovqatlanish restoranlariga tashrif buyurishni 1% ga oshirgan. Bir qarashda bu ko‘rsatkich unchalik katta ko‘rinmasligi mumkin, ammo yirik shaharlar miqyosida yiliga 1,2 million marta qo‘shimcha tarzda fastfud yeyish haqida gap ketmoqda. Tadqiqot mualliflari o‘z xulosalarini noto‘g‘ri ovqatlanish odatlarini kamaytirish nuqtayi nazaridan muhim deb hisoblashini bildirdi.

Olimlar Los Anjelesdagi ikki yillik yo‘l harakatlari va tirbandlik haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Shuningdek shu vaqt oralig‘ida uyali telefondan foydalanadigan nechta kishi fastfud restoranlariga tashrif buyurgani haqida ma’lumotlarni tahlil qildi. Natijada bunday muassasalarga tashrif buyurishning ko‘payishi va tirbandliklar o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligini ifodalaydigan kompyuter modelini ishlab chiqdi.

Kechki soatlarda ishdan qaytayotgan aholi oziq-ovqat do‘konlariga kamroq tashrif buyuradi. Ular, ehtimol, do‘konda to‘xtab, uyda kechki ovqat pishirish uchun masalliq sotib olishdan ko‘ra shunchaki burger va qovurilgan kartoshka sotib olishni ma’qul ko‘radi.

Har bir yirik shaharda tirbandlik ham, tez ovqatlanish restoranlari ham ko‘p bo‘lgani sababli ushbu tendensiya faqatgina Los Anjelesga xos emas. Yo‘l tirbandligi va nosog‘lom ovqatlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik butun dunyo shaharlaridagi tirbandlikni kamaytirishga hamda transport infratuzilmasini yaxshilashga yana bir sabab bo‘ladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.