Hodisalar

Buxoroni “o‘lik zona”ga aylantirishi mumkin bo‘lgan xavfli moddani sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Buxoro viloyatida inson salomatligi va atrof-muhit uchun o‘ta xavfli bo‘lgan simob moddasini noqonuniy sotishga urinishlar fosh etildi. Ichki ishlar idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida simob – “kumushrang ajal”ning katta miqdordagi partiyalari musodara qilindi.

Simob — oddiy suyuqlik emas

Ko‘pchilik simobni faqat termometrdagi zararsiz suyuqlik deb o‘ylaydi. Aslida esa bu modda Mendeleyev davriy jadvalidagi eng zaharli elementlardan biri sanaladi. Simob bug‘lari hidsiz va rangsiz bo‘lib, nafas yo‘llari orqali organizmga tushganda asab tizimi, buyrak va jigarni butunlay ishdan chiqaradi. Uning ochiq havoga tarqalishi esa nafaqat bir inson, balki butun bir hudud ekologiyasi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

15 000 dollarlik “savdo”

G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tadbirda muqaddam og‘ir jinoyatlar bilan sudlangan, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro yarim kilogrammdan ortiq simobni 15 000 AQSh dollariga pullayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Jinoyatchi kelishilgan summaning bir qismi — 4000 dollarni olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Asalari qutilari ichidagi xavf

Oradan 3 kun o‘tib, yana bir dahshatli jinoyatning oldi olindi. G‘ijduvonning Zarangari qishlog‘ida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan shaxs o‘z hovlisidagi asalari qutilari ichida qariyb 6 kilogramm simobni yashirib kelgani aniqlandi. U ushbu zaharli moddaning har bir kilogrammini 40 000 dollardan, jami 240 000 dollarga sotishni reja qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu miqdordagi simob butun bir tumanni yashash uchun yaroqsiz “o‘lik zona”ga aylantirib yuborishga qodir.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-prim 1-moddasi 3-qismi (zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan jami 6 kilogrammdan ortiq simob moddasi minglab insonlarning hayotini saqlab qolganini anglatadi. Unutmang, simob savdosi — bu shunchaki «qora biznes» emas, bu o‘z vatandoshlari va kelajak avlod hayotiga qilingan suiqasddir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.