Buxoro yangiliklari

Buxoroda bojxona tizimi ichiga sayohat: eksportyorlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?

pic
Foto: Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi

Loading

Bugun, 29-aprel kuni Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun noodatiy formatda press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar bojxona tizimi qanday ishlashi va eksportyorlar uchun qanday qulayliklar yaratilayotganini amalda ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Press-turning boshlanishida boshqarma rahbari B. Muratov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda bojxona tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirdi. Unga ko‘ra, “Yagona darcha”, elektron deklaratsiya va masofaviy nazorat tizimlari tadbirkorlar uchun vaqt va xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirmoqda.

pic 07

Shundan so‘ng ishtirokchilar real ishlab chiqarish maydonlariga yo‘l olishdi. Dastlabki manzil — “OFS” MChJ bo‘lib, bu yerda “bojxona hududida qayta ishlash” rejimi qanday ishlashi amalda ko‘rsatildi. Mutaxassislar ushbu tizim eksport hajmini oshirishda muhim omil ekanini ta’kidladi.

Keyingi bekatda — “Delta Rumino” MChJda ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Korxona jensi matosidan kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yillik quvvati 3,2 ming tonnani tashkil etadi. E’tiborlisi, kompaniya eksport hajmini yil sayin oshirib, yuzlab ish o‘rinlari yaratgan.

pic 06

Press-tur davomida yana bir muhim manzil — “Kamalak Shabnam Teks” MChJda bojxona tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. So‘nggi uch yilda 26 ta axborot tizimi, 15 ta interaktiv xizmat va 10 ta mobil ilova joriy etilgani qayd etildi.

“Eksport uch qadamda” dasturi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Ushbu tizim orqali deklaratsiya jarayonlari ancha soddalashib, viloyatdagi 250 dan ortiq tadbirkor 440 million dollardan ziyod eksportni amalga oshirgani aytildi. Eng muhimi, eksport operatsiyalarining katta qismi endilikda inson omilisiz bajarilmoqda.

pic 05

Ishtirokchilar bojxona ko‘rigi jarayonini ham bevosita kuzatib, yuklar avtomatik tizimlar orqali tekshirilishi, hujjatlar mosligi dasturiy tarzda nazorat qilinishiga guvoh bo‘lishdi. Bu esa shaffoflik va tezkorlikni ta’minlayotgani bilan ahamiyatli.

pic 02

Press-tur qatnashchilari uchun bu safar nafaqat ma’lumot olish, balki bojxona tizimidagi o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish imkoniyati bo‘ldi. Ular tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va yengilliklar haqiqatan ham amalda ishlayotganini ta’kidlashdi.

pic 03

Mazkur tashabbus bojxona tizimining ochiqligini oshirish, jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish va eksport faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

pic 04

pic 01

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.