Buxoro yangiliklari
Buxoroda “benzin zapravkalar”da keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilmoqda
Buxoro viloyatida yoqilg‘i quyish shahobchalarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu o‘rganishlardan asosiy maqsad — AI-80 markali hamda sifatsiz benzin mahsulotlarining sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yoqilg‘i sifati va xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Tekshiruvlar viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, hududiy elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida amalga oshirilmoqda. Qo‘shma nazorat tadbirlari davomida yoqilg‘i mahsulotlarining sifati, realizatsiya jarayonlari va amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi atroflicha o‘rganilmoqda.
Xususan, Romitan, G‘ijduvon, Kogon tumani, Kogon shahri hamda Peshko‘ tumanlaridagi yoqilg‘i quyish shahobchalarida tekshiruvlar o‘tkazildi. Jarayonlarda mahsulotlarning kelib chiqishi, saqlash sharoitlari hamda sotuvdagi aniqlik va shaffoflik darajasi ham tekshirildi.
Mutaxassislar tomonidan yoqilg‘i namunalaridan laboratoriya tahlillari uchun namunalar olinmoqda. Bu orqali benzin va boshqa yoqilg‘i mahsulotlarining standartlarga muvofiqligi aniqlanadi. Qoidabuzarlik aniqlangan holatlarda tegishli choralar ko‘rilishi belgilangan.
Shuningdek, ayrim shahobchalarda hujjatlarning to‘liq yuritilishi, hisob-kitob tizimi va nazorat mexanizmlari ham ko‘zdan kechirilmoqda. Bu esa iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarga yoqilg‘i mahsulotlarini sotishda qat’iy tartib-qoidalarga amal qilish zarurligi yana bir bor eslatildi. Fuqarolarga esa sifatsiz yoqilg‘i holatlari aniqlansa, tegishli organlarga murojaat qilish tavsiya etilmoqda.
Bunday nazorat tadbirlari yoqilg‘i bozorida tartibni mustahkamlash va noqonuniy faoliyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida bu kabi reydlar boshqa hududlarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


