Buxoro yangiliklari
Buxoroda indoneziyalik ziyoratchilar oqimi ortib bormoqda
Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. So‘nggi yillarda Indoneziyada o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida ushbu mamlakatdan Buxoroga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni sezilarli darajada oshgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida Indoneziyadan Buxoroga 1 008 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ko‘pdir. Xususan, joriy yilning 2-may kuni Indoneziyadan 230 nafardan ortiq ziyoratchilar viloyatga tashrif buyurdi.
Mehmonlar ziyoratini Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasidan boshladilar. U Xo‘jagon tasavvufiy tariqatining murshidi bo‘lib, Naqshbandiya tariqatining shakllanishida muhim o‘rin tutgan ulug‘ mutasavvif hisoblanadi.
Shundan so‘ng delegatsiya ziyoratini davom ettirib, Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga yo‘l oldi. Ushbu maskan islom olamidagi eng mashhur ziyoratgohlardan biri bo‘lib, har yili minglab xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.
Ziyoratchilarga mazkur muqaddas qadamjoning tarixiy va diniy ahamiyati, Bahouddin Naqshbandning ma’naviy merosi hamda inson kamolotiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar ziyoratgoh hududini aylanib chiqib, ziyorat amallarini ado etdilar.
Bunday tashriflar Buxoroning xalqaro turizm markazi sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, ziyorat turizmi yo‘nalishida yangi bozorlar bilan hamkorlikni kengaytirish viloyat iqtisodiyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutasaddilar fikricha, Indoneziya bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari kelgusida yanada kengayib, sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Bu esa Buxoroning boy tarixiy va ma’naviy merosini dunyoga keng targ‘ib etish imkonini beradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


