Buxoro yangiliklari

Turkiya Konstitutsiyaviy sudi prezidenti Qodir O‘zkaya Buxoroga tashrif buyurdi

pic
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Yurtimizga tashrif buyurgan Qodir O‘zkaya boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi kecha, 6-may kuni Buxoroda bo‘ldi. Mehmonlar tashrif davomida ko‘hna shaharning tarixiy va madaniy obidalari bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya vakillari Buxoroning boy tarixiy merosi, qadimiy me’moriy yodgorliklari va tabarruk maskanlarini ziyorat qildi. Ko‘hna shaharning osori-atiqalari va o‘ziga xos muhit mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida delegatsiya viloyat hokimligida ham bo‘lib, viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik, strategik sheriklik hamda hamkorlik aloqalari haqida fikr almashildi.

Qodir O‘zkaya Buxoroning azaldan ilm-fan, madaniyat va savdo markazlaridan biri bo‘lib kelganini alohida ta’kidladi. U shaharning boy tarixiy va ma’naviy merosi, muqaddas ziyoratgohlari hamda betakror me’morchiligini yuqori baholadi.

Mehmonlar, shuningdek, shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, turizm infratuzilmasi va tarixiy obidalarni asrash borasidagi ishlarga ham qiziqish bildirdi. Ayniqsa, qadimiylik va zamonaviylik uyg‘unligi delegatsiya a’zolarida iliq taassurot uyg‘otdi.

Bugungi kunda Buxoro xorijiy delegatsiyalar va sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurayotgan shaharlardan biriga aylanmoqda. Bu esa shaharning xalqaro nufuzini yanada oshirmoqda.

Turkiyalik mehmonlarning tashrifi ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik va do‘stlik rishtalarining yana bir ifodasi sifatida baholanmoqda. Bunday uchrashuvlar madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.