Buxoro yangiliklari
Buxoroda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14-15-may kunlari Buxoroda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi hamda Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli tadbirda mintaqa davlatlari parlamentlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, olima ayollar, siyosatchilar, tadbirkorlar va ekspertlar ishtirok etdi.
Forumda Saida Mirziyoyeva ham qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatini anjuman ishtirokchilariga o‘qib eshittirdi. Murojaatda forum qatnashchilarining boy bilim va tajribasi xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tadbirda Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston, Ozarboyjon va Turkmaniston parlamentlari rahbarlari, shuningdek Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston parlamentlari rahbarlarining o‘rinbosarlari ham ishtirok etdi. Forum doirasida BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari vakillari ham muloqotlarda qatnashdi.
Qayd etilishicha, ushbu platforma 2020-yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim mintaqaviy maydonga aylangan.
Majlis davomida ayollarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi o‘rni, sun’iy intellekt, ekologiya, suv resurslari, barqaror rivojlanish va raqamli transformatsiya masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar zamonaviy global tahdidlar sharoitida ilmiy hamkorlik va innovatsion yechimlarning ahamiyati tobora ortib borayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, “Ilm-fanda ayollar yetakchiligi: hozirgi zamon tahdidlari, innovatsion yechimlar va ilmiy hamkorlik” mavzusida olima ayollar forumi ham tashkil etildi. Forumda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon olima ayollari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan “SheScience Central Asia” mintaqaviy tarmog‘ini yaratishni nazarda tutuvchi Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


