Mashhurlar
Xonanda Shirin Zoitova bloger qizi va Bobur Bobomurod haqida gapirdi
Xonanda Shirin Zoitova “Darakchi” nashrining YouTube kanali mehmoni bo‘ldi. Suhbat davomida xonanda o‘tmishni eslashni yoqtirmasligini, ammo shoir Bobur Bobomurodga rahmat aytishini, bloger qizi Yasmin va tug‘ilajak farzandi haqida so‘zlab berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.
“Bu safar ham farzandim tug‘ilmasdan u bilan gaplashishga harakat qilaman”
Xonanda Shirin yaqin kunlarda ikkinchi bor onalik baxtiga erishadi. U tug‘ilmagan farzandi bilan muloqot qilib turishini va odatiga ko‘ra farzand tarbiyasini u dunyoga kelmasidanoq boshlab yuborishini aytdi.
— Yasmin tug‘ilmasidan avval u bilan gaplashishni boshlaganmiz. Audio kitoblar, Qur’on tinglardim, Betxovenni eshitardim. Tug‘ilganidan keyin birinchi marta uyga olib kelganimizda uyni unga tanishtirib chiqqanmiz hatto. Keyinchalik ham bu muloqotlarimiz davom etdi. Endi ikkinchi farzandimizga ham vaqt ajratib, u bilan gaplashishga, mehr berishga harakat qilaman. Chunki hayotimda avval faqat Yasmin bor edi. Hozir esa ikkisi bilan teng muloqot qilishga, teng e’tibor qaratishga harakat qilaman, lekin bu qiyin. Shuning uchun hozir tug‘ilmagan bolamiz bilan opasi Yasmin ko‘proq gaplashadi.
Ba’zan Yasmin u nima qilayotganini uka yoki singlisiga aytib berishimni so‘raydi. Keyin “opang hozir ovqatlanyapti, seni juda ham yaxshi ko‘radi, kelishingni kutyapti”, deb gapirib o‘tiraman. Yasminaga bergan mehrimni bu farzandimga ham berishga, ikkisiga ham teng taqsimlashga harakat qilaman, deydi Shirin.
“Qizimning mashhur bo‘lib ketishi xayolimga ham kelmagan”

Shirinning qizi Yasmina bugungi kunda O‘zbekistondagi eng serdaromad blogerlardan biri hisoblanadi. Uning Instagram sahifasini 2 million kishi kuzatadi. Yasminning sahifasiga reklama postini joylashtirish narxi esa 3 ming dollar.
— Bu dunyoda insonga nimaki berilsa, barchasi Allohdan. Bir vaqtlar qizimning bloger bo‘lib, tanilib ketishi xayolimga ham kelmagan. Uyimizda bir yordamchi opa bor. Hali farzandli bo‘lmagan vaqtim, homiladorligimda o‘sha opa “hali shunaqa chaqaloq bo‘lsinki, tarbiyachisiga, hamma narsasiga o‘zining puli yetadigan bo‘lsin”, degandi. O‘shanda yosh bola qanday qilib pul topishi mumkin, derdim o‘zimga o‘zim. U vaqtlar kun kelib qizim mashhur bo‘lib ketishi xayolimga kelgani yo‘q edi.

Qizim hali tanilmasidan avval ham uni Amerikaning Disneylendiga olib borganmiz. Unga dunyoni ko‘rsatishni boshlaganmiz. Kerak bo‘lsa, oxirgi pulimizni sarflab bo‘lsa ham, o‘zimiz xohlagan orzularimizni qizimizga ko‘rsatishni boshlaganmiz. Keyinchalik Yasmin tanilib, mashhur bo‘lib, reklama qizalog‘iga aylanib ketdi. Bu bizning qo‘limizda emas, hammasi Allohdan. Qizimizning mablag‘larini olamiz, lekin pullarini o‘zimizga ishlatmaymiz. U ham alohida shaxs va topganlari ham o‘ziniki. Ko‘pchilik qizimizga qanday yondashishimizni bilmaydi-da. Hamma qizimga nisbatan hurmatda bo‘lishini xohlayman. O‘zim ham u bilan katta odam bilan gaplashganday so‘zlashaman. Muhim ishim bo‘lsa ham, birinchi uni eshitaman, deydi u.
Xonanda uzoq yillar davomida Farhod va Shirin duetida ijod qilib kelgan. Ammo guruh faoliyati to‘xtab, bugungi kunda har ikki xonanda ham mustaqil ijod qilishga o‘tgan. Dasturda “Avvalgi vaqtlarni xotirlab, o‘sha vaqtda prodyuseringiz bo‘lgan shoir Bobur Bobomurodni eslab turasizmi?”, deb berilgan savolga xonanda Shirin quyidagicha javob berdi.
Shoir Bobur Bobomurod haqida

— Yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham, o‘tmishimni esdan chiqarmayman. Hozirda u insonlar bilan bordi-keldim bormi-yo‘qmi, buning farqi yo‘q menga, yaxshiligi teggan insonlarni, albatta, qadrlayman. Menga qilgan yaxshiliklari uchun o‘ziga bo‘lmasa-da, ichimda baribir ularga minnatdorlik bildiraman. Shunday ekan, albatta, Bobur akani ham eslayman. U inson bilan salomimiz yaxshi bo‘lgan, afsuski, xayrlashuvimiz chiroyli bo‘lmadi. Lekin men bunaqa bo‘ladi, deb o‘ylamasdim. Qariganlarida ham ustoz-shogirdligimiz davom etadi, deb xayol qilardim.
Bu haqda o‘zlariga ham ko‘p aytardim. “Siz nuroniy yoshlarda, oppoq yaktaklarda, uzun soqollaringiz bilan o‘tirasiz. Biz Farhod, O‘tkir aka oilalarimiz bilan bayramlarda sizni ko‘rgani kelamiz. Siz davraning to‘rida o‘tirib, o‘sha paytlarda ham bizlarni duo qilasiz”, deb aytardim. Bolaligimda bobo-buvim bilan katta bo‘lganim uchun qariganlarini shunday tasavvur qilardim. Lekin oxiri bunday yakun topadi, deb o‘ylamaganman. 13 yil Farhod bilan ishlagan bo‘lsam, Bobur Bobomurod bilan 15 yil birga ishladim. Shuning uchun hamkorligimiz davomiy bo‘ladi, deb ishonardim. Lekin bu tasavvurlarim o‘xshamadi.
Mening bir odatim bor: hamma narsani juda ham chuqurlashtirib yubormayman. Besh kunlik dunyo uchun kimningdir ko‘nglini og‘ritib, undan foydalanib olay, degan tushuncham yo‘q. Iloji borisha hech kimni xafa qilmaslikka va o‘zim ham hech kimdan xafa bo‘lmaslikka harakat qilaman. Xafa bo‘lgan taqdirimda ham, kechiraman va masofani uzoqlashtiraman.
“Hammasi uchun Bobur Bobomurodga rahmat aytaman”

— Bobur akadan juda ham ko‘p narsalarni o‘rganganman. Nafaqat san’atda, balki yurish-turishda, kiyinishda, tarbiyada, insonlarga bo‘lgan munosabatda, davralarda o‘zini tutishda — har bir jabhada bu insondan o‘rganganlarim ko‘p. Chunki Bobur aka juda ko‘p kitob o‘qir edi va o‘qiganlarini bizlarga ham gapirib berardi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Bu juda ham zo‘r davrlar edi. Hozir o‘sha davrlarni sog‘inaman. Chunki bugun shunday ma’lumotlar yetishmaydi. Suhbatlarda maishiy mavzular: kiyim-kechak, zeb-ziynat mavzulariga emas, ilm-fan, tarix, kelajak haqida gaplashishni yaxshi ko‘raman. Bobur aka bilan davrlar shunday edi. U inson ustoz sifatida bizlarga juda ko‘p bilim bergan. Hozir ham agar o‘zlari istasa, she’r borasida hamkorlik qilishimiz mumkin. Chunki juda chiroyli she’rlar yozadilar.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


