Hodisalar

Buxoroda ham zilzila sezildi: Qorako‘l tumanida 5,3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

IMG 0607
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun, 20-may kuni tungi soat 01:40 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishining episentri Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida qayd etilgan bo‘lib, magnitudasi 5,3 ni tashkil etdi. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Zilzila ayniqsa Buxoro viloyati aholisi tomonidan sezilarli darajada his qilindi. Viloyat hududida yer silkinishi kuchi 3-4 ballgacha yetgani aytilmoqda. Tungi vaqtda sodir bo‘lgan ushbu holat ayrim fuqarolar orasida xavotir uyg‘otgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila episentri Toshkent shahridan 527 kilometr janubiy-g‘arbda joylashgan. Navoiy viloyatida ham yer silkinishi sezilib, kuchi 2-3 ball atrofida bo‘lgani qayd etildi.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki jiddiy talafotlar haqida rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. Mas’ul хизматлар vaziyatni nazoratga olgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston seysmik faol hududlardan biri hisoblanadi va ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yer silkinishlari kuzatilishi tabiiy holat sanaladi. Shu sababli аҳолига хавфсизлик қоидаларига амал қилиш tavsiya etiladi.

Tungi zilzila sabab ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro aholisi tomonidan yer silkinishi kuchli sezilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ayrim fuqarolar uyqudan uyg‘onib, ko‘chaga chiqqanini yozmoqda.

Seysmologlar zilzila chuqurligi nisbatan sayoz bo‘lgani uchun ayrim hududlarda tebranish kuchliroq sezilgan bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda. Ayniqsa, ko‘p qavatli binolarda yashovchilar yer silkinishini aniqroq his qilgan.

Favqulodda vaziyatlar mutaxassislari zilzila vaqtida vahimaga berilmaslik, xavfsiz joyda turish hamda rasmiy manbalardagi ma’lumotlarga tayanishni tavsiya qilmoqda.

Qayd etilishicha, zilzilaning koordinatalari 40,27 shimoliy kenglik va 63,1 sharqiy uzunlik nuqtasida aniqlangan. Hozirda hududdagi vaziyat yuzasidan monitoring ishlari davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.