O‘zbekiston

Statistika: O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilmoqda

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yilning yanvar—mart oylariga oid tug‘ilish statistikalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatda yilning dastlabki uch oyida 191 mingdan ortiq tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda jami 191 ming 86 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Shundan 98,5 ming nafari o‘g‘il bolalar, 92,6 ming nafari esa qiz bolalarni tashkil qilgan.

Statistik tahlillarga qaraganda, tug‘ilgan chaqaloqlarning 51,5 foizi o‘g‘il bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qiz bolalar ulushi 48,5 foizni tashkil etgan.

Hududlar kesimida esa tug‘ilish holatlarining asosiy qismi qishloq joylarda qayd etilgan. Xususan, qishloq hududlarida 97,4 mingta, shaharlarda esa 93,7 mingta tug‘ilish ro‘yxatga olingan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida har ming aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 20,2 promilleni tashkil qilgan.

Shuningdek, mamlakatdagi demografik ko‘rsatkichlarda erkaklar soni ayollarga nisbatan yuqoriroq ekani qayd etildi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, har ming nafar ayolga 1 ming 15 nafar erkak to‘g‘ri kelgan.

Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Namangan вилоятиda qayd etilgan bo‘lib, viloyatda har ming nafar ayolga 1 ming 34 nafar erkak to‘g‘ri keladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 2026-yil 7-aprel holatiga ko‘ra 38 million 401 ming 654 kishiga yetgan. Erkaklar soni ayollarga nisbatan 276 ming nafardan ortiq ko‘p ekani qayd etilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tug‘ilish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi mamlakatdagi demografik o‘sish davom etayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, yosh oilalar sonining ortishi va tibbiyot tizimidagi imkoniyatlar kengayishi bu jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilish, perinatal xizmatlarni yaxshilash hamda tibbiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tug‘ilish ko‘rsatkichlarining barqaror bo‘lishiga xizmat qilayotgani qayd etilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.