Jahon

Yaqin Sharqdagi urush va keskinliklar endi butun dunyo hamyoniga ta’sir qila boshladi

pic
Foto: AP

Loading

Birlasgan millatlar tashkiloti Yaqin Sharqdagi mojaro fonida jahon iqtisodiyoti bo‘yicha prognozlarni yomonlashtirdi. Tashkilot energiya narxlarining keskin oshishi va global noaniqlik kuchayishi tufayli 2026-yil jahon iqtisodiyoti uchun so‘nggi o‘n yilliklardagi eng sust davrlardan biriga aylanishi mumkinligini bildirdi.

BMT iqtisodchilariga ko‘ra, global YIM o‘sishi:

  • yanvardagi 2,7 foiz prognozdan
  • 2,5 foizgacha tushirildi.

Agar vaziyat yanada yomonlashsa, o‘sish atigi 2,1 foizgacha sekinlashishi mumkin.

Shantanu Mukherjeening aytishicha, bu:

“COVID-19 pandemiyasi va 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan tashqari, asr boshidan beri eng zaif iqtisodiy o‘sishlardan biri bo‘ladi”.

Neft narxi va inflyatsiya oshmoqda

BMT bu yil global inflyatsiya:

  • 3,9 foizgacha ko‘tarilishini kutmoqda.

Bu yanvar prognozidan 0,8 foiz punktga yuqori.

Bunga Eron atrofidagi mojaro va Ormuz bo‘g‘ozining yopilishi sabab bo‘lgan. Mazkur hudud orqali dunyo nefti, gaz, o‘g‘it va neft mahsulotlarining katta qismi tashiladi.

Mutaxassislar energiya va transport xarajatlari oshishi ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar aholisi daromadlariga kuchli bosim o‘tkazayotganini ta’kidladi.

Eng katta zarba Yaqin Sharqqa

BMT hisobotiga ko‘ra:

  • G‘arbiy Osiyo iqtisodiy o‘sishi 2025-yildagi 3,6 foizdan 2026-yilda 1,4 foizgacha tushadi.

Bunga:

  • energetik inqiroz,
  • infratuzilma vayron bo‘lishi,
  • neft qazib olish,
  • savdo va turizmdagi uzilishlar sabab bo‘lmoqda.

Yevropa eng zaif hududlardan biri

Yevroittifoq iqtisodiyoti energiya importiga kuchli bog‘liqligi sabab yanada katta bosim ostida qolmoqda.

Prognozlarga ko‘ra:

  • Yevropa Ittifoqi iqtisodiy o‘sishi 1,5 foizdan 1,1 foizgacha pasayadi;
  • Buyuk Britaniyada esa o‘sish 1,4 foizdan 0,7 foizgacha tushadi.

AQSh, Xitoy va Hindiston prognozi

AQSh iqtisodiyoti nisbatan barqaror qolishi kutilmoqda. BMT AQSh uchun 2 foizlik o‘sishni prognoz qilmoqda.

Xitoy iqtisodiyoti esa:

  • 5 foizdan
  • 4,6 foizgacha sekinlashadi.

BMT ekspertlari bunga qaramay, Xitoyning:

  • diversifikatsiyalangan energetika tizimi,
  • strategik zaxiralari,
  • davlat qo‘llab-quvvatlashi

uni qisman himoya qilayotganini aytdi.

India esa yirik iqtisodiyotlar orasida eng tez o‘sayotgan davlatlardan biri bo‘lib qoladi. Bu yil mamlakat YAIMi 6,4 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.