O‘zbekiston
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan elektron nazorat tizimi joriy etiladi
O‘zarxiv agentligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi nizom loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan yangi elektron tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaga muvofiq, arxiv xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar faoliyati maxsus “xavfni tahlil etish” elektron tizimi orqali baholab boriladi. Mazkur tizim tadbirkorlik sub’yektlarida qonunbuzarlik xavfini aniqlash uchun “ball” asosida ishlaydi.
Natijalarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari xavfi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi. Xavfi yuqori va o‘rta deb topilgan sub’yektlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi, zarurat tug‘ilganda esa tekshiruvlar tayinlanishi mumkin.
Xavfi past deb baholangan tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekshiruv o‘tkazilmasligi belgilangan. Bu esa halol faoliyat yuritayotgan korxonalarni ortiqcha tekshiruvlardan himoya qilishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Nizom loyihasida qayd etilishicha, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Baholash jarayonida litsenziyalar, statistika ma’lumotlari, fuqarolar murojaatlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi ochiq ma’lumotlardan foydalaniladi.
Shuningdek, tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda tadbirkorlar bu haqda kamida o‘n ish kuni oldin ogohlantiriladi.
Mutaxassislarning fikricha, yangi tizim arxiv xizmatlari bozorida shaffoflikni oshirish, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda sohada zamonaviy nazorat mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda davlat xizmatlari va hujjat aylanishi tizimining bosqichma-bosqich raqamlashtirilayotgani arxiv sohasi oldiga ham yangi talablarni qo‘ymoqda. Ayniqsa, elektron hujjat aylanishining kengayishi arxiv ma’lumotlarini saqlash va himoya qilish masalalarini yanada dolzarb qilmoqda.
Yangi tizim orqali arxiv xizmatlari faoliyatini tahlil qilish avtomatlashtirilishi, inson omili kamaytirilishi hamda nazorat samaradorligi oshirilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, hujjatda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga asossiz aralashish yoki ularning ishini noqonuniy to‘xtatib qo‘yish oqibatida yetkazilgan zarar aybdor shaxslardan undirilishi ham nazarda tutilgan.
Bu esa tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, nazorat organlari faoliyatida mas’uliyatni oshirishga xizmat qilishi qayd etilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


