O‘zbekiston
Rasman: Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalar va abituriyentlar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirilganini ma’lum qildi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, mazkur qaror abituriyentlar, ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida қабул қилинган.
Qayd etilishicha, bakalavriat va magistratura bosqichlarida hozirgacha darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar uchun bazaviy hamda tabaqalashtirilgan (super) kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ham uzaytirildi.
Shuningdek, o‘qishi ko‘chirilgan, ko‘chirib tiklangan va qayta tiklangan talabalar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
Mazkur toifadagi fuqarolar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026-yil 10-iyun etib belgilandi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, to‘lovlarni shu kuni ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkinligi ham eslatildi.
Mutaxassislarning fikricha, kontrakt muddatining uzaytirilishi ko‘plab oilalar uchun qulaylik yaratadi. Ayniqsa, hujjatlarni rasmiylashtirish yoki mablag‘ yig‘ish jarayonida ulgurmay qolgan talabalar uchun bu muhim imkoniyat hisoblanadi.
So‘nggi yillarda yurtimizda oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda oliy ta’lim qamrovini oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda minglab talabalar bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt asosida tahsil olayotgani sababli kontrakt to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Vazirlik tomonidan muddatning uzaytirilishi yoshlarning ta’lim jarayonidan uzilib qolmasligini ta’minlash hamda ularga qo‘shimcha imkoniyat yaratishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Talaba va abituriyentlarga to‘lovlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan amalga oshirish tavsiya etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


