Mashhurlar
“Klon”, “Kanizak Izaura”, “Oddiy Mariya” seriallari yulduzlari hozirda qanday ko‘rinishda?
Bir paytlar butun dunyo tomoshabinlarini o‘ziga rom etgan Lotin Amerikasi seriallari yulduzlari bugun ham muxlislar e’tiborida. “Oddiy Mariya”, “Boylar ham yig‘laydi”, “Klon” kabi mashhur loyihalar ularni haqiqiy afsonaga aylantirgan edi. Oradan yillar o‘tsa-da, bu aktrisalar nafaqat ijodda, balki shaxsiy hayotda ham e’tibordan chetda qolmayapti. Quyida ularning bugungi hayoti va faoliyati haqida Daryo qisqacha to‘xtalib o‘tgan.
Viktoriya Ruffo

Viktoriya Ruffo mashhur “Oddiy Mariya” serialida bosh qahramon rolini ijro etgan. Suratga olish jarayonida u o‘zining birinchi turmush o‘rtog‘i Euxenio Derbesni uchratadi, u bilan kechirgan hayoti haqiqatda ham Meksika serialini eslatar edi. Juftlikning Xose Eduardo ismli o‘g‘li dunyoga keladi, biroq janjallar tufayli bu nikoh uzoqqa bormaydi.

So‘ngra Viktoriya siyosatchi Omar Fayyad bilan tanishib, undan egizak — bir o‘g‘il va bir qiz farzand ko‘radi. Bir necha yil avval esa Ruffo yana seriallarda suratga tushib, vatani Meksikaning eng yuqori haq to‘lanadigan aktrisalaridan biriga aylandi.
Veronika Kastro

“Boylar ham yig‘laydi” va “Yovvoyi atirgul” seriallarining yulduzi Veronika Kastro ham Meksikada istiqomat qiladi. Bir necha yil avval u faoliyatini yakunlashi haqida gapirgan bo‘lsa-da, goh-gohida suratga tushish takliflarini qabul qilib turadi.
2018-yilda u Netflix’ning “Gullar xonadoni” shousida ishtirok etdi. Shundan so‘ng u “Menga qachonligini ayt” (2020) va “Yoshligimga qaytsam” (2022) nomli komediyalarda rol ijro etdi. Veronika buni pul uchun qilishini tan oladi, zero uning yonida hech qachon suyanadigan erkak bo‘lmagan. U ikki o‘g‘ilni dunyoga keltirgan, lekin biror marta ham turmush qurmagan.

U kinodan tashqari ko‘ngilochar teleko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilib ham pul topadi. Shuningdek, Veronika Kastroning go‘zallik salonlari, do‘konlari va kosmetika tarmog‘i bor. Garchi ko‘plab muxlislari uni plastik jarrohlik va fillerlardan haddan tashqari ko‘p foydalanishda ayblasa-da, u hamon o‘z vatanida sevimli aktrisa sanaladi.
Jovanna Antonelli
.jpg)
Jovanna Antonelli “Oilaviy rishtalar” va “Klon” seriallaridagi roli bilan mashhur. Aktrisa ikki marta rasman turmushga chiqqan, uch nafar farzandi bor.

Hozir Antonelli ikki qizining otasi bilan yashaydi (uning bir o‘g‘li ham bor), biroq boshqa turmush qurishni istamaydi. Oilasi Jovannaning kinolarda suratga tushishni davom ettirishiga to‘sqinlik qilmaydi — Braziliyada uni katta ekranda ham ko‘rish mumkin.
Luseliya Santush

Luseliya Santush o‘zbek tomoshabinlariga “Kanizak Izaura” serialidagi roli bilan tanilgan. Luseliya o‘z vatani Braziliyada hamon mashhur bo‘lib, teleseriallar va filmlarda suratga tushib keladi. U shuningdek, o‘zini hujjatli filmlar rejissyorligiga ham bag‘ishlagan.

“Mening eng yaqin do‘stim o‘g‘lim. Pedro mening izimdan borib, aktyor bo‘ldi”, degan edi u intervyularidan birida. Luseliya ikki marta turmush qurgan, ammo boshqa turmushga chiqishga shoshilmayapti.
Vera Fisher

Braziliyalik yulduz Vera Fisher “Klon” va “Oila rishtalari” kabi mashhur seriallarda suratga tushgan. Vera doim barcha yosh raqibalar, fitnachi va g‘arazgo‘ylarga bas kela oladigan, o‘ziga oro berishni yaxshi ko‘radigan, yoshi katta ayol rollarini qoyilmaqom qilib ijro etadi.

Real hayotda ham Fisher xuddi obrazlaridek xushchaqchaq va o‘ziga qarab yuradigan ayol.
“Men barcha kamchiliklarimni bilaman, oyoqlarim haddan tashqari kattaligini, qayerimda sellyulit borligini ham bilaman. Lekin nazarimda, o‘z yoshimga nisbatan juda yaxshi ko‘rinaman”.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


