Hodisalar
Buxoroda yirik “valyutchik” qo‘lga olindi (video)
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida navbatdagi muvaffaqiyatli tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va oʻtkazish bilan shugʻullanib kelayotgan shaxsning jinoiy harakatlariga chek qoʻyildi.
Olingan tezkor maʼlumotlar asosida Buxoro shahrida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, bir fuqaro maxsus xaridorga yirik miqdordagi xorijiy valyutani sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Fuqaro har bir Turkmaniston manatini 3 000 soʻmdan hisoblab, jami 70 000 000 Turkmaniston manatini jami 210 000 000 soʻmga sotishga kelishgan. U Buxoro shahridagi avtomobil yoʻli yoqasida, kelishilgan pul mablagʻlarini avtomashina salonining ichida sanab olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimi Dinara Hoshimova rasmiy bayonot berdi:
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi (yirik miqdorda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan ham qoʻshimcha surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Viloyat hududida valyuta qimmatliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan profilaktik va tezkor tadbirlar tizimli ravishda davom etmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


