O‘zbekiston

Tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz mikrokredit berilishi mumkin

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million soʻmdan 200 million soʻmgacha oshirilishi kutilmoqda. Daryo shular haqida yozmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish hamda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Taqdimotda dastur doirasida mikrokreditdan foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million soʻmdan 200 million soʻmgacha oshirish taklif etildi.

Bugungi kunda kichik va oʻrta biznesga ajratilgan kreditlar portfeli 218 trillion soʻmni tashkil etmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan 12 foizga teng. Shu bilan birga, onlayn tarzda ajratilayotgan taʼminotsiz mikrokreditlar ulushi kam. Taʼminotsiz onlayn mikrokredit ajratish jarayoni oʻrtacha 7 kungacha vaqt olmoqda. Tadbirkor kredit olish uchun bir nechta bank takliflarini bir joyda koʻrish, solishtirish va oʻziga maqbul shartlarni tanlash imkoniyatiga ega emas.

Shu munosabat bilan taqdimotda raqamli moliyaviy platformani ishga tushirish ham taklif qilindi. U orqali tadbirkor kredit olish uchun ariza beradi, bir nechta banklardan tijorat takliflarini oladi, ularni taqqoslab, oʻziga qulayini tanlaydi.

Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni maʼqullab, kredit tarixiga ega boʻlmagan kichik va oʻrta biznes subyektlariga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, platforma xavfsizligi va maʼlumotlarning himoyalanganligini taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda bir loyiha doirasida 300 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi. Shundan 100 million so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan, 200 million so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlari 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokredit olishi uchun kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi lozim.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.