Hodisalar

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mansabdorlari ishtirokidagi 643 milliard so‘mlik talon-torojlik fosh etildi

photo
Foto: Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Loading

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Soliq qo‘mitasining Komplayens nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida yirik miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Soliq qo‘mitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda bir qator xususiy korxonalar mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, davlat byudjetiga juda katta miqdorda zarar yetkazgan.

Aniqlanishicha, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi doirasida ko‘rsatilgan 5,3 trillion so‘mlik xizmatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan bo‘lishiga qaramasdan, QQS summalari elektron hisob-fakturalarga noqonuniy ravishda kiritilgan.

Natijada byudjetda asossiz ravishda QQS mablag‘lari shakllantirilib, ushbu mablag‘larning bir qismi korxona hisob raqamlariga qaytarilishiga hamda ayrim korxonalarning davlat oldidagi qarzdorliklarini sun’iy ravishda bartaraf etishga erishilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur noqonuniy sxema oqibatida jami 643,2 milliard so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur jinoyat sxemasiga aloqador barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishi hamda yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.