Buxoro yangiliklari

Buxorolik “Prezident hojilari” muborak Haj safaridan qaytishdi

pic
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Muqaddas Haj ibodatini ado etib qaytayotgan yurtdoshlarni kutib olish tadbirlari yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda. Joriy yilda “Prezident hojisi” maqomiga sazovor bo‘lgan fuqarolar safida Buxoro viloyatidan 7 nafar yurtdoshimiz ham muborak ziyoratga borish baxtiga muyassar bo‘lgandi.

3-iyun kuni Haj amallarini ado etib qaytgan ilk buxorolik hojilar tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Azizbek Qalandarov, viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, jamoatchilik faollari hamda hojilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ziyoratchilar muborak Haj amallarini sog‘-salomat ado etib qaytganliklari bilan samimiy qutlanib, ularning ibodatlari va ezgu duolari qabul bo‘lishi tilandi. Hojilar bilan muloqot jarayonida muqaddas safar taassurotlari tinglandi.

Ta’kidlanganidek, Haj ziyorati musulmonlar hayotidagi eng ulug‘ va mas’uliyatli ibodatlardan biri bo‘lib, insonning ma’naviy kamoloti va ruhiy poklanishida muhim o‘rin tutadi. Shu bois ushbu sharafli safarni ado etib qaytgan yurtdoshlarni munosib kutib olish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

pic 02

“Prezident hojilari” safar davomida ko‘rsatilgan yuksak e’tibor, yaratilgan qulay sharoitlar va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbari hamda Haj tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etgan barcha mas’ullarga minnatdorlik bildirdilar.

Shuningdek, ular muqaddas Makka va Madina shaharlarida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi hamda el-yurt osoyishtaligi uchun duolar qilganliklarini ta’kidlashdi.

Qayd etilishicha, keyingi yillarda Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish tizimi yanada takomillashtirilib, fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratilmoqda. Bu esa yurtdoshlarimizning muqaddas ibodatlarini emin-erkin va yuqori saviyada ado etishlariga xizmat qilmoqda.

pic 03

Marosim yakunida hojilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning mahalla va jamiyat hayotida ma’rifat, ezgulik va bag‘rikenglik targ‘ibotchilari sifatida faol ishtirok etishlariga ishonch bildirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.