Hodisalar
Buxoroda xodimlarning dam olish kunlari ishga jalb etilgani yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Dam olish kuni ham xodim majburiy ishlatiladimi?” sarlavhali murojaat yuzasidan Mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Buxoro viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Buxoroisharif.uz ga ma’lum qilinishicha, o‘rganish jarayonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Buxoro viloyati bo‘limida faoliyat yuritayotgan xodimlarning dam olish hamda bayram kunlaridagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq holatlar tahlil qilinib, mas’ul shaxslarning tushuntirishlari olindi.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, xodimlarni dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb etish faqat qonunchilikda belgilangan tartib asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda xodimlarning mehnat huquqlari ta’minlanishi hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi shart.
O‘rganish natijalari yuzasidan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish va mehnat qonunchiligi talablarining to‘liq bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilangan.
Shuningdek, tashkilot rahbariyatiga mehnat qonunchiligiga rioya qilish, xodimlarni dam olish va bayram kunlarida ishga jalb etishda belgilangan tartibga qat’iy amal qilish hamda ularning mehnat huquqlarini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Mehnat inspeksiyasi mazkur masala nazoratga olinganini ma’lum qilib, mehnat huquqlarining buzilishiga oid murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini bildirdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


