Texnologiyalar
“Aqlli” soat bilan uxlash qanchalik xavfsiz? Shifokor tavsiyalari
Shifokor Natalya Belovaning so‘zlariga ko‘ra, “aqlli” soatlarni tunda ham taqish tavsiya etilmaydi. Daryo shular haqida yozmoqda.
Shifokor-terapevtning ta’kidlashicha, kuniga 24 soat davomida bilakka biror narsa taqish zararli, chunki zich bog‘langan soat va turli brasletlar tomir va nervlarga bosim o‘tkazadi. Bu juda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, doimiy soat taqish terining shikastlanishiga, uning ostida chang, suv, bakteriyalarning yig‘ilib qolishiga olib keladi. Bularning barchasi teri infeksiyalari ko‘payishi uchun qulay muhitdir.
Shu sababli shifokorlar kechasi nafaqat “aqlli” soatlarni, balki zargarlik buyumlarini ham yechib uxlashni tavsiya etadi. Chunki tunda aqlli soatlar yordamida yurak urishi, qadamlar kabi fiziologik ko‘rsatkichlarni o‘lchashdan naf yo‘q.
Avvalroq Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti olimlari “aqlli” soatlar Parkinson kasalligini juda erta bosqichlarda — ilk alomatlar paydo bo‘lishidan yetti yil avval aniqlash imkonini berishini isbotladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


