Hodisalar
Buxorodagi tergov hibsxonasida qiynoq qo‘llangani haqidagi iddaolar yuzasidan tekshiruv boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi 4-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga nisbatan qiynoq qo‘llanilgani hamda undan majburiy ko‘rsatmalar olishga urinish bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
2026-yil 5-iyun kuni “Telegram”dagi “Advokat Amonov kundaligi” kanalida e’lon qilingan videomurojaatda advokat Zavqiddin Amonov tergov hibsxonasidan chiqishiga to‘sqinlik qilingani, bu holat muassasa rahbariyatidagi mansabdor shaxslardan birining ko‘rsatmasi asosida sodir bo‘lganini iddao qildi.
Videomurojaatda, shuningdek, uning himoyasidagi shaxsga nisbatan qiynoq va bosimlar qo‘llanilgani, undan ayrim yuqori lavozimli shaxslarga qarshi ko‘rsatma berish talab qilingani, aks holda bosimlar davom etishi aytilgani haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Advokat ushbu holatlarni xolisona o‘rganishni so‘ragan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ish doirasida 2026-yil 20-may kuni G‘ijduvon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri J. G. va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi hamda boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud ajrimiga asosan J. G.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Advokat tomonidan bildirilgan vajlar yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, holat bo‘yicha 4-son tergov hibsxonasining ayrim xodimlariga nisbatan ham tekshiruv boshlangan.
Mazkur masala Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan ham nazoratga olingan. Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan tergov hibsxonasida o‘rganish ishlari o‘tkazilib, murojaatda nomi tilga olingan shaxs bilan xoli tarzda suhbat tashkil etilgan.
O‘rganish davomida uning saqlanish sharoitlari, murojaatda keltirilgan holatlar hamda tanasida tan jarohatlari mavjudligi masalasi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, murojaatda qayd etilgan shaxsga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangani ma’lum qilingan.

Ombudsman tomonidan to‘plangan hujjatlar va o‘rganish materiallari protsessual tartibda ko‘rib chiqish uchun Buxoro viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.
Vakolatli organlar ta’kidlashicha, holat yuzasidan barcha dalillar va vajlar qonunchilik talablari asosida o‘rganilmoqda. Hozirda tergovga qadar tekshiruv va boshqa protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.
Yakunda qabul qilinadigan qarorlar tekshiruv natijalari hamda to‘plangan dalillarga asoslanib e’lon qilinishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


