Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati prokurori “Sitora” istirohat bog‘idagi sharoitlarni o‘rgandi

photo
Foto: Prokuratura.uz

Loading

Buxoro viloyati prokurori U.Xamdamov tomonidan Buxoro shahridagi “Sitora” istirohat bog‘ida mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bog‘ hududida faoliyat yuritayotgan 19 ta attraksionning texnik holati, xavfsizlik talablari va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi va mehmonlar uchun zamonaviy, xavfsiz hamda qulay dam olish muhitini yaratish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, bog‘ning jozibadorligini oshirish va tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar davomida bog‘ infratuzilmasini rivojlantirish, attraksionlarni modernizatsiya qilish, hududni obodonlashtirish va qo‘shimcha xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Ta’kidlanganidek, istirohat bog‘lari aholining mazmunli hordiq chiqarishi, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.

Shu bois hududda sanitariya holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish, tungi yoritish tizimlarini takomillashtirish hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.

O‘rganish jarayonida attraksionlarning texnik sozligi va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ham alohida nazorat qilindi.

Mas’ullarga tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yaxshilash va hududning estetik ko‘rinishini yanada rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

photo 02

Qayd etilishicha, bog‘ hududida oilaviy dam olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, bolalar maydonchalari va sayr zonalarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, yozgi mavsumda aholi va sayyohlar oqimining ortishi inobatga olinib, barcha xizmatlarning uzluksiz va sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Mutasaddilar tomonidan istirohat bog‘ining turistik salohiyatini oshirish, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar sonini ko‘paytirish hamda hududni yanada obod maskanga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida muassasa rahbari va boshqa mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.