Özbekiston

Savobi ulug‘ amallar

photo
Foto:

Loading

Abu Barza Aslamiy aytadilar: Yo Rasululloh! Meni jannatga kiritadigan amalga dalolat qiling, – dedim.

U zot sollallohu alayhi vasallam: “Odamlar yo‘lidagi ozor beruvchi narsani olib tashla”, dedilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bir odam yo‘lda yotgan tikanning oldidan o‘tib qoldi. “Albatta, mana shu tikanni olib tashlayman va bu  tikan bir musulmon odamga zarar bermasin”,dedi. Shunda uning gunohlari mag‘firat qilindi”, dedilar.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Qachon ikki musulmon uchrashib, qo‘l olib so‘rashsalar, Allohga hamd va U zotga istig‘for aytsalar, ikkovlari mag‘firat qilinadi”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Kimki qilmishiga pushaymon bo‘lib, uzr so‘ragan odamni kechirib yuborsa, uning xatolarini ham Alloh taolo qiyomat kuni kechiradi.

Manzilni so‘raganga yo‘l ko‘rsatish ham yaxshilikdir.

Do‘zaxdan yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham saqlaninglar! Agar bunga ham qodir bo‘lmasangiz shirin so‘z bilan saqlaning.

Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi.

Kasal ko‘rgani boruvchi odam go‘yo jannat bog‘ida yurgandek bo‘ladi.

Agarda duolarim ijobat bo‘lsin desang,tashvishlarim boshimdan arisin desang, kambag‘allarni holidan xabar olgin.

– Kimki ko‘zi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan bo‘lsa, uning jannatga kirishi muqarrardir.

– Sadaqa suv olovni o‘chirganidek xatoni (gunohni) o‘chiradi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.