Hodisalar

Buxoroda yirik miqdordagi marixuana moddasini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Buxoro viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan “Qora dori-2026” tezkor profilaktik tadbiri davomida Kogon tumani hududida qonunbuzarlik holati aniqlandi.

Tadbir davomida Kogon tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina haydovchisi — 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro huquq-tartibot xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga harakat qilgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu avtotransport vositasi to‘xtatildi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, fuqaro xodimlardan qochishga urinish vaqtida o‘zi bilan olib yurgan qora poliyetilen paketdagi moddalarni yo‘l chetiga tashlab yuborganligini ma’lum qildi.

Gumonlanuvchi o‘z ixtiyori bilan ko‘rsatgan joydan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan qora paket ichida:

  • 26 dona gugurt qutisiga qadoqlangan,
  • Yashil rangli va o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, daliliy ashyo sifatida olingan ushbu moddalar tarkibida faol giyohvandlik vositasi hisoblangan tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, umumiy vazni sakson to‘rt grammni tashkil etuvchi ko‘p miqdordagi marixuana giyohvandlik moddasi ekanligi tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublika Jinoyat kodeksining ikki yuz yetmish uchinchi moddasi beshinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.