Jahon

Dunyodagi eng qudratli pasport qaysi? 2026-yil reytingi javob berdi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yil uchun e’lon qilingan Global Passport Index (GPI) reytingiga ko‘ra, dunyodagi eng kuchli 10 ta pasportdan to‘qqiztasi Yevropa davlatlariga tegishli. Kuchli o‘nlikka Yevropadan tashqaridan kirishga muvaffaq bo‘lgan yagona mamlakat — Singapur bo‘lib, u 10-o‘rinni egalladi.

Mazkur reyting nafaqat fuqarolarning vizasiz sayohat qilish imkoniyatlarini, balki mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va hayot sifati kabi mezonlarni ham hisobga oladi.

Reyting qanday shakllantirilgan?

Global Citizen Solutions (GCS) kompaniyasi tuzgan Global Passport Index an’anaviy pasport reytinglaridan farqli ravishda bir nechta muhim ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi.

Mutaxassislar soliq muhiti, innovatsion salohiyat, iqtisodiy raqobatbardoshlik, sog‘liqni saqlash tizimi, xavfsizlik, iqlim hamda ijtimoiy infratuzilma kabi omillarni baholagan.

Global Citizen Solutions bosh direktori Patrisiya Kazaburining ta’kidlashicha, Yevropa mamlakatlarining ustunligi bitta ko‘rsatkich emas, balki barcha mezonlar bo‘yicha muvozanatli natijalar bilan izohlanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Singapur vizasiz sayohat qilish imkoniyatlari bo‘yicha ko‘plab davlatlardan ustun bo‘lsa, ayrim Fors ko‘rfazi va Osiyo mamlakatlari investitsiyaviy jozibadorlik borasida raqobat qila oladi. Biroq Yevropa davlatlari dunyo bo‘ylab keng harakatlanish imkoniyatini yuqori hayot sifati bilan uyg‘unlashtirgani sababli yetakchilikni saqlab qolmoqda.

2026-yilning eng kuchli pasportlari

Reytingning birinchi pog‘onasini Shvetsiya egalladi. Mamlakat mobilitet ko‘rsatkichi bo‘yicha 11-o‘rin, investitsiyaviy jozibadorlik bo‘yicha 9-o‘rin va hayot sifati bo‘yicha 2-o‘rinni qayd etdi.

Ikkinchi o‘rinda Shveytsariya joylashgan. U mobilitet bo‘yicha 7-o‘rin, investitsiyalar bo‘yicha 2-o‘rin va hayot sifati bo‘yicha 36-o‘rinni egallagan.

Uchinchi pog‘onadan Finlyandiya o‘rin oldi. Mamlakat vizasiz harakatlanish imkoniyati bo‘yicha 4-o‘rinda, investitsiyaviy jozibadorlik bo‘yicha 28-o‘rinda, hayot sifati bo‘yicha esa dunyoda birinchi bo‘ldi.

To‘rtinchi o‘rinni Germaniya egallagan. Kuchli beshlikni esa Niderlandiya va Daniya bo‘lishib oldi.

Brexit Buyuk Britaniya pasportiga ham ta’sir ko‘rsatdi

Reyting mualliflari Buyuk Britaniya pasporti hanuz dunyoning eng kuchli pasportlari qatorida qolayotganini qayd etgan. Mamlakat 2026-yilda 8-o‘rinni egalladi. Bunga asosan yuqori hayot sifati ko‘rsatkichi xizmat qilgan.

Shu bilan birga, ekspertlar Brexit oqibatida Buyuk Britaniya fuqarolari Yevropa Ittifoqining 27 davlatida erkin yashash, ishlash va doimiy istiqomat qilish huquqidan mahrum bo‘lganini ta’kidladi. Reyting vizasiz safarlarni baholasa-da, ushbu imkoniyatlarning yo‘qolishi unda to‘liq aks etmaydi.

AQSh reytingda keskin pasaydi

Global Citizen Solutions ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh so‘nggi besh yil ichida G7 mamlakatlari orasida eng katta pasayishni qayd etdi.

2021-yilda rekord darajadagi 96,45 ball bilan reytingda birinchi o‘rinni egallagan mamlakat 2025-yilda 14-o‘ringacha tushib ketdi. 2026-yilda esa 12-o‘ringa ko‘tarildi.

Mutaxassislar buni ayrim davlatlarning AQSh fuqarolari uchun vizali tartibni qayta joriy etgani bilan izohlaydi. Jumladan, Braziliya o‘tgan bahorda amerikaliklar uchun vizalarni yana tiklagan.

Global Passport Index 2026: TOP-10

  1. Shvetsiya
  2. Shveytsariya
  3. Finlyandiya
  4. Germaniya
  5. Niderlandiya
  6. Daniya
  7. Irlandiya
  8. Buyuk Britaniya
  9. Norvegiya
  10. Singapur
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.