Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (04.07.2026)
2026-yilning 4-iyul, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun ertalab uyqudan uyg‘ongach, jismoniy mashqlar bajarishni boshlashingiz tavsiya etiladi. Agar bel va oyoq qismlaringizda jiddiy og‘riqlar zohir bo‘lsa, mashqlar albatta foyda beradi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun moliyaviy masalada juda ehtiyotkor bo‘ling. Duch kelgan narsani xarid qilaversangiz, kechga qadar pulsiz qolib ketishingiz hech gap emas.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ertalabdanoq qo‘shimcha baxtli lahzalar va ilhom olishingiz kutilmoqda. Bunga a’lo kayfiyatingiz, martabangizning bir pog‘ona yuqorilashi sababchi bo‘ladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Agar o‘zingizni, mehnatingizni qadrlasangiz, kuch va imkoniyatlarni eng muhim ishlarga sarflang. Behuda yumushlarga o‘ralashib vaqt o‘tkazmang.
Arslon (24.07 — 23.08)
O‘zingizni ehtiyot qiling. Ish ekan deb zo‘r beraversangiz, mehnat ta’tiligacha kasalxonabop bo‘lib qolishingiz hech gap emas.
Parizod (24.08 — 23.09)
Ayrimlar shunday zo‘r bir ish topadiki, bir necha soat ichida aytilgan yumushni qoyillatib, evaziga bir dunyo pul ishlab olishadi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Agar uy ta’miri yoki yashash manzilingizni o‘zgartirish niyatida yurgan bo‘lsangiz, bugundan qulayini topa olmaysiz.
Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun kechqurun to‘g‘ri ovqatlaning. Rejimni buzmang.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun har bir vaziyatni tashqaridan turib nazorat qilsangiz, faqat foyda qilasiz. O‘zgalarga nisbatan esa muloyim munosabat yuritishingiz tavsiya etiladi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Shaxsiy hayotda o‘zingizga yoqqan mashg‘ulotlar bilangina band bo‘ling. Shunda rosmana lazzat olish baxtiga muyassar bo‘lasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kunning boshlanish qismida siz yangi va unutilmas tanishuvlarni boshdan o‘tkazasiz.
Baliq (20.02 — 20.03)
Moliyaviy masalada to‘siqlarga duch kelsangiz, joyida hal etishga harakat qiling. Achchiq taomlar, spirtli ichimliklar iste’molidan tiyiling.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


